23:50 / 11.07.2018
17 653

Islomda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar

Islomda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar
Yer yuzida nikoh tushunchasini Alloh taoloning ko‘rsatmasi asosida hayotga tatbiq qiladigan ummat bu - Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning ummatidir.

Alloh taolo o‘zinig kalomida er – xotin o‘rtasida munosabat qanday bo‘lishi haqida shunday deydi:

Ular sizga libosdir, siz ularga libosdirsiz ("Baqara" surasi, 187-oyat).

Oyati karimada “libos” so‘zining ishlatilishida beqiyos hikmat bor. Libos insonga qadrli narsa bo‘lib, uning avrat a’zolarini berkitib turadi. Uni boshqa maxluqotlardan ajratib turadi. Er va xotin o‘rtasidagi munosabatning libos so‘zi bilan ifodalanishidagi hikmat shundaki, libos insonni himoya qilib turgani kabi, er-xotin ham bir - birining yomonini yashirib, yaxshisini oshirishi kerak. Libos inson tanasiga eng yaqin narsa bo‘lganidek, er – xotin ham bir – biriga mehru muhabbatda yaqin bo‘lib, bir tanu bir jon bo‘lsin va arzimagan urush – janjal sababli uzoqlashib ketmasin.

Hadisi sharifda rivoyat qilinadiki, Hazrati Havvo onamiz Hazrati Odam alayhissalomning chap qovurg‘asidan yaratilgan. Buning hikmati nimada? Nega bosh qismidan yaralmagan? Negaki, bosh qismidan yaralmagani sababi: erining boshiga chiqib olib, oilada men boshman, deb o‘zining hukmronligini da’vo qilmasin, o‘zligini unutmasin. Nega oyoq qismidan yaralmagan? Negaki, qul kabi erining oyog‘i ostida qolmasin va xor bo‘lmasin. Unda nega qovurg‘adan yaraldi? Negaki, qovurg‘aning chap qismi inson yuragiga qanday yaqin bo‘lsa, ayol ham erinig qalbiga shunday yaqin bo‘lsin va uning seviklisi bo‘lsin.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning
“Islam and Marriage” nomli ma’ruzsidan
ingliz tilidan Xalilulloh Yusuf tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Islomda er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar