QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Amalga oshiradigan ishingizni oldindan puxta rejalashtirib, keyin harakatlar sodir etishga kirishing. Stixiyali harakatlar ko‘zlangan natijani bermaydi. O‘zingiz bajarayotgan ishga nisbatan loqayd munosabatda bo‘lish ham naf bermaydi. Ijodkor do‘stlarimiz bugun ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topib, muxlislarni xushnud etishlari kutiladi. Oila qurmaganlar ham o‘zi tanlagan, ko‘z ostiga olgan inson bilan munosabatlarni yanada mustahkamlab borsa, yoz oxirida to‘y dasturxoni yozilishi tayin. Baxtingizni bersin!
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
15 iyul kuni moddiy ahvolingiz keskin yaxshilanishi kutilmoqda. Daromad istalganidek bo‘lmasa-da, kissangiz pulga to‘lishi aniq. Tijorat bilan mashg‘ul bo‘lsangiz, raqobatchi va hasadgo‘ylarni darhol joyiga o‘tqazib qo‘ying. Aks holda ular boshingizga chiqib olishadi. Ko‘ngilsiz vaziyatlarga tushib qolsangiz, o‘zingizni juda xotirjam tutishga harakat qiling. Xotirjamliksiz salomatligingizga putur yetishi mumkin. Ba’zilar bugun mehnat ta’tiliga otlanishlari ham ehtimoldan xoli emas.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Atrofdagilar bilan munosabatlaringiz sovuqlasha borayotganini sezib qolsangiz, arqonni uzun tashalng va sukut saqlang. Muhabbatda injiqliklaringiz o‘tmaydi. Shundoq ham bu masalada o‘zingiz istagan muvaffaqiyatlarga erishib ulgurgansiz. Oilangizda qarindoshlar bilan janjallar kelib chiqish xavfi bor. Ayrimlar kechqurun olis safarga otlanilari mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling. Sog‘lig‘ingizni asrang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
15 iyulda barcha e’tiborni moliyaviy muammolarga qaratishingiz lozim bo‘ladi. Bu sohada birovlardan yordam so‘rab o‘tirishingiz ham shart emas. Ishlaringiz juda yengil bita boshlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, bugun omadingiz keladi. Qay sohaga nazaringiz tushmasin, albatta foyda ko‘rasiz, yuzingizdan tabassum arimaydi. Shaxsiy hayotda esa sukut sizga yordam bera oladi. Yaqinlaringiz bilan janjallashishingiz, bahslashishingiz sizga foyda keltirmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz bugun yengil kechmaydi. Ammo dangasalikka erk berish kerak emas. Har qanday ishni bajarishda o‘zingiz uchun ham ijrochi, har rahbar bo‘ling. Shunda natija siz kutgandek bo‘ladi. Oila qurmaganlarga taqdirning o‘zi bir olam kutilmagan sovg‘alarni tayyorlab qo‘ygan. Faqat shinavandalik bilan oldinga intilsangiz, bo‘lg‘usi juftingiz bilan albatta til topishasiz. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Zarurat tug‘ilsa, vrach ko‘rigiga borishga erinmang.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
15 iyul kuni parizod burji ostida tavallud topganlarni ko‘ngilsizliklar, keskin vaziyatlarga tushib qolishdan yaqinlarining o‘zi asraydi. Aynan ular siz hal eta olmayotgan muammolarni bartaraf etib berishadi. Ishdan bo‘shash uchun bugungi kun qulay kechmaydi. Lekin qo‘shimcha daromadli ish topishda muvaffaqiyatlarga erishishingiz kafolatlangan. Shaxsiy hayotda oldin o‘zingizni kuchliroq sevishga odatlaning. Ana shundan keyingina juftingiz bilan munosabatlar masalasida o‘ylang. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi kutiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz quvonchli va go‘zal o‘tishini yulduzlar bashorat qilishgan. Kunni esa tabiat qo‘ynida dam olib o‘tkazsangiz, yanada yaxshi bo‘ladi. Sog‘lig‘ingizni ham shu bahonada tiklab olasiz. Muhabbatda hamda pul topishda ham omadingiz chopadi. Bunday imkoniyatlar har kuni ham berilavermaydi. Pishiqroq bo‘ling. Kechqurun yoqimli xaridlarni amalga oshirasiz. Suyukli insoningizga ajoyib sovg‘a xarid qilishingiz ehtimoli bor. Bundan tashqari, ro‘zg‘ordagi eng chalkash muammolarni ham kechqurun bartaraf etishingiz kutilmoqda.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
15 iyul kuni ko‘pchilik kun bo‘yi muhim hujjatlar bilan ishlashi, xatolarni tuzatish bilan band bo‘lishlari kutiladi. Boshingizga ham pul topish, ham juftingiz bilan munosabatlarni mustahkamlash kabi og‘ir vazifalar yog‘iladiki, kechga qadar ularni hal etishdan bosh ko‘tara olmasligingiz mumkin. Kun davomida prinsiplaringizga sodiq qolgan holda harakatlar sodir eting. Hammasi yaxshi bo‘ladi inshoolloh. Faqat kechki toza havo sayrini unutib qo‘ymang. Bu uyqungiz totli kechishiga yordam beradi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ishda ham, tashqi ko‘rinishingiz masalasida ham eksperimentlar o‘tkazish fikridan voz keching. Oldinga intiling, faqat tavakkalchilikka yo‘l bermang. Aks holda atrofdagilar, yaqinlarinigz sizdan nimadir sabab bilan ranjishlari mumkin. Oila qurmagan yigitlar bugun kunning ikkinchi yarmida o‘zlari tanlagan insonga muhabbat izhorlarini to‘kib solishlari kutilmoqda. Bardam bo‘ling! Bunday harakatlar imkon boricha tezroq to‘y tantanalari bilan yakun topmog‘i darkor. Omadingizni bersin! Salomatlikni saqlashni ham unutib qo‘ymasangiz bas.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
15 iyul kuni ertalabdan xotirjamlikni boy berasiz-u, kechayotgan har bir hodisa uchun ham qayg‘uraverasiz, asabiylashasiz. Oqibatda kechqurunga borib bosh og‘rig‘i, holsizlik kabilar oyoqdan olishi hech gap emas. Esda tuting, ming qayg‘urib, asabiylashganingiz bilan hech narsa o‘zgarib qolmaydi. Tijoratchilar raqobatchilarga nisbatan shafqatsizroq munosabatda bo‘lishlari lozim. Yo‘qsa, ular haddilaridan oshib ketishi mumkin. Kechqurun ayrimlar birinchi muhabbatini tasodifan uchratib qolishlari kutiladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Muhim masalalarda shoshma-shosharlik bilan qarorlar qabul qilmang. Ehtiyotkorlik va yetti o‘lchab bir kesishga odatlanish siz uchun juda kerak. Bugun o‘zgalarning maslahatlariga umuman quloq tutmang. Qalbingiz boshlagan yo‘ldan boring. Afsus chekmaysiz. Surunkali xastalikka uchraganlar kun davomida salomatligini saqlash haqida qattiqroq qayg‘urishlari lozim bo‘ladi. Kechqurun uyingizga eng yaqin do‘stlaringiz tashrif buyurishlari mumkin. Shu bahonada kayfiyatingizni chog‘lab olasiz.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
15 iyul kuni hayotning har bir jabhasida iste’dodingizni ishga solgan holda harakatlar sodir eting. Bu ishingiz obro‘li va puldor shaxslar e’tiborini tortishda juda qo‘l keladi. Ular bilan yaqin bo‘lsangiz, hech qachon dar qolmaysiz. Puldorlar, ayniqsa, ijodkorlarga yaqindan moddiy ko‘mak berishi mumkin. Kechqurun xonadoningizda qisqa muddatli mojaroga o‘xshash hodisa yuz berish ehtimoli bor. Salomatlikni, asablarni ehtiyot qiling.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
27 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
AQSHda amaldorlar Tramp tufayli ommaviy ravishda xususiy sektorga ketib qolmoqda
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi