20:02 / 15.07.2018
26 823

Nega quloqlar qiziydi?

Nega quloqlar qiziydi?
Quloqlari sira qizimagan odam topilmasa kerak. Bu paytda deyarli har kimning xayolidan “Kimdir meni g‘iybat qilyapti” degan fikr o‘tadi.

Ikki qulog‘ingiz qiziyaptimi, demak, sizni kimdir eslayotgani aniq. Ammo sizni yaxshi yoki yomon ma’noda eslashayotganini bilishning iloji yo‘q. Buni taxmin qilish uchun quloqlaringizni kaftlaringiz bilan yopib quyidagi iborani ovoz chiqarib aytishga harakat qiling: “Yaxshimi yoki yomonmi, bilishni istayman. Haqiqatni yashirmay ayting!” Agar 2-3 daqiqa davomida quloqlarning qizishi to‘xtasa, demak, siz haqingizda yaxshi gaplar aytishgan. To‘xtamasa, demak, g‘iybat qilishgan.

O‘ng qulog‘ingiz qizisa, kimdir siz haqingizda jahl bilan, xafa bo‘lib gapirayotgan, muhokama, g‘iybat qilayotgan bo‘lishlari mumkin. Bu faqat yomon ma’noda emas, yaxshi ma’nodagi g‘iybat bo‘lishi ham mumkin. Ba’zan odamlarga atrofdagilar haqida gapirish qiziqarli bo‘ladi.

Quloqlarning qizishi haqida tarixda ham odamlarning o‘z taxminlari bo‘lgan. Masalan, seshanba kuni quloqlarning qizishi sevgan insoni bilan munosabatlarida paydo bo‘ladigan muammolardan dalolat bergan. Payshanba kuni qizisa, buni yaxshi xabar kutilmoqda, deb qabul qilishgan. Shanba kuni quloq qizishi bu xabarning yomonroq bo‘lishini bildirgan.

Aslini olganda esa quloqlarning qizishiga katta ahamiyat berishning hojati yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega quloqlar qiziydi?