07:30 / 17.07.2018
3 259

Umrimiz tengsiz yutug‘imizdir

Umrimiz tengsiz yutug‘imizdir
Keling, siz aytadigan “umr sanoqli yillarga teng” degan teng qiymatli iboraning ikki tomonining birini biroz o‘zgartiramiz va hayotiylik, hayotiy kuchining aksarini o‘zgartirish bilan yengil tomoniga nazar tashlaymiz. Chunki umr bir borgina berilgan imkoniyatdir.

Ha, inson umrini oddiy qoidaga ko‘ra o‘tib borayotgan sanoqli kunlar bilan solishtirmaslik, balki ushbu borliqqa kelgan va muattar hidi har tomonga yoyilgan sanoqli shirin xayollar bilan qiyos etish shart. Ko‘pincha ayollarning qo‘lidagi qog‘ozlar to‘plamiga ko‘zingiz tushadi. Oddiy qilib aytganda, “Kundalik” daftariga. Har kuni unga hayot lahzalarini bitadilar. Har bir kuni bir varaqdek, ya’ni 360 yangi sahifa 360 kun uchun: umr deb atalmish unutilmas zaxirasiga oz-ozdan yutuq va zafarlar qo‘shilib boradi. Biz bu bilan umrni o‘z “kursisi”dan siljitmoqchi emasmiz, balki uning uchun butun tarix xotirida ozod, hur, quvnoq erkinlik borligini bayon etmoqchimiz.

Bora-bora xotiralarini bitib boruvchilar (buyuk ishlari ila qalbdan o‘rin egallagan insonlar) buyuk qatlamga aylanadilar, ularni eslaganimizda “qari kishi”, “keksayib qolgan ayol” kabi iboralarni ishlatamiz. Go‘yo bu bilan ularni ehtiyoj yuzasidan esga olgandekmiz. Aynan o‘shalar emasmi yoshlik chog‘imizda hayotga intilishimiz uchun qo‘llarini uzatgan. Jajji qo‘lchalarimizdan tutib harflar qanday yozilishini o‘rgatgan shular emasmi?! Rohatidan kechib, kechalarini bedor o‘tkazib tabassum ila qiyin istaklarimizni amalga oshirganlar o‘shalar emasmi?! Ular jannatning muattar hid sochuvchi kishilaridir. Ularning yutuqlari miqdorida hayotlariga ham taqlid qilishimiz lozim bo‘ladi. Unday yutuqlarni umumiy ko‘rinishda insonlar orasida tatbiq etmoq shart.

Agar ulardan biri umringiz haqida so‘rab qolsa: “Mening arzimas umrim tabassum ila bedor o‘tgan kechalar bilan, taniganu tanimagan insonga ulashilgan tabassum miqdori bilan, barcha miskin va faqirning yanog‘idan to‘kilgan ko‘z yoshlariga kifoya qiluvchi o‘n minglab ko‘z yoshlari miqdori ila, faqir va muhtojga berilgan moddiy yordam ila o‘lchanadi, qadrlanadi”, deb javob bering! Shu kabi, shifokor do‘stim, muallima xonim, muhtaram otalar, ona yeringizga xizmat qilib, insoniyatga manfaat keltirib o‘z yutuqlaringiz ila umrlaringizni boyiting! Farzandlaringizga ham najot eshiklari hamon oldilarida turganini o‘rgating!
Hasanboy Ergashov tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Umrimiz tengsiz yutug‘imizdir