QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
23 iyul kuni xohlagan usulda ish bajarishingiz mumkin. Sizning yo‘llaringiz ochiq, muammolaringizni ijobiy hal etishda hech kim to‘siq bo‘la olmaydi. To‘siq bo‘lishga uringanlar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Kun davomida do‘stlar bilan birga tog‘ yon-bag‘irlariga ketib dam olsangiz ham ziyon qilmaydi. Ammo muhabbatda bu erkinlik o‘tmaydi. Bu masalada juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Aks holda orangizdagi munosabatga putur yetadi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Kuningiz biroz chalkashliklardan iborat bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bir xillik ko‘proq ko‘zga tashlana boshlaydi. Lekin qanday istagingiz bo‘lmasin, ular osonlikcha, xamirdan qil sug‘urgan kabi yengil amalga oshishi yoqimli. To‘g‘ri emasmi? Bugun xorij tillarini o‘rganish, iqtisodiy va siyosiy sohadagi harakatlar muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbatda ham eng yuqori cho‘qqilarni zabt etasiz. Oila qurmaganlarning ayrimlari to‘y tadorigini ko‘rishga shaylanishlari mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
23 iyul kunning birinchi yarmidanoq emotsiyani jilovga olib, o‘zingizni xotirjam tutishga harakat qiling. Sababi, azaliy orzularingiz oldinma-ketin haqiqatga aylana boshlashi mumkin. Afsuski, moliyaviy muammolarning ijobiy hal bo‘lishi sezilarli qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun tejamkorlikka alohida e’tibor qarating. Quvnoq davralarda ko‘proq bo‘lish kayfiyatingizni chog‘lab, salomatligingiz yanada mustahkamlanishiga yordam beradi. Biroq spirtli ichimliklar va ekzotik taomlar iste’mol qilishingiz tavsiya etilmaydi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ertalabdanoq o‘zingizni o‘zingiz ruhan ko‘tarinki bo‘lishga majbur eting. Shunday qilingki, kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘lsin. Ana unda kun bo‘yi ishlaringiz albatta baroridan keladi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishingiz jarayonida mayda-chuyda noqulayliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Bularga ham e’tibor qaratib o‘tirmang. To‘g‘ri, millionlab dollar daromad olmaysiz. Lekin xudoyim sizni bu sohada ranjitmaydi. Inshoolloh o‘zi ma’qul topgan miqdorda daromadingizni beradi. Salomatlikka alohida e’tibor qarating.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
23 iyulda arslon burjida tavallud topganlarning ba’zilari jufti bilan sen-menga borib qolishi mumkin. Lekin buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Jiddiy muammolar tug‘ilmaydi. Er-xotin qanday janjal boshlagan bo‘lsa, oradan qisqa vaqt o‘tib yarashish pallasiga kiradi. Moddiy masalada hech kimdan qarz bo‘lib qolmaslikka harakat qiling. Shaxsiy biznesiga ega do‘stlarimiz uchun kunning ikkinchi yarmida yangi imkoniyatlar eshiklari ochilish arafasida turibdi. Kechqurun oilangizdagilarga nisbatan qo‘pol munosabat yuritmasligingiz tavsiya etiladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Atrofingizdagilar orasida g‘azabingizni qo‘zg‘aydiganlar, ensangizni qotiradiganlar bo‘lsa, beparvo tortishga urining. Ularga nisbatan ham do‘stona munosabat yuritavering. Chunki har kim ekkanini o‘radi. Nimani niyat qilsa, Yaratgan o‘shani albatta beradi. Demak, siz yaxshilik va sog‘liq so‘rayvering. Inshoolloh olasiz. Surunkali xastalikka chalinganlar o‘zlarini nihoyatda ehtiyot qilishlari zarur. Muhabbatda to‘g‘riso‘z bo‘ling. Kechqurun ba’zilar xizmat safariga otlanishi mumkin. Bu safar mavqeingiz oshishida muhim rol o‘ynaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
23 iyul kuni aytmagan gapingizni aytdiga, qilmagan ishingizni qildiga chiqarishlari, sizni aybsiz aybdorga aylantirib qo‘yishlari kutiladi. Sizga bu narsa maktab bo‘lsa ajab emas. Kelgusida o‘z rejalaringiz, orzularingiz, muvaffaqiyatlaringizni duch kelgan odamga gullayvermaydigan bo‘lasiz. Shaxsiy munosabatlarda o‘zingizga nisbatan qattiqqo‘l bo‘ling. Oila qurmagan bo‘lsangiz va yaqinda o‘zingizga yoqadigan bir inson bilan tanishgan bo‘lsangiz, bugun ham boshingizdan sinov lahzalarini o‘tkazishingiz ehtimoli yo‘q emas.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Kunning birinchi yarmida qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishlar taklif etishadi. Ishlar soni shu qadar ko‘pki, ularning orasidan eng yaxshilarini tanlab olish imkoniyatingiz bor. Shoshilmasangiz, o‘sha ishlarni boshqalar ilib ketishi ham hech gap emas. Sayohat qilish istagida yurganlar bugunoq yo‘lga chiqishlari zarur. Sizni oldinda muvaffaqiyatli onlar kutib turadi. Ish va shaxsiy hayot masalasida hech kimga maslahat solmang. Bu ishni qalbingizga qo‘yib bering. U sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Salomatlikni asrang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
23 iyul kuni tafakkuringizgina sizga ishonchli hamroh bo‘la oladi. Neki ishga qo‘l urmang, unga suyaning. Mayli, ish ko‘zingizga mayda tuyilsa-da, baribir tafakkurni ishga soling. Xato qilmaysiz. E’tiboringiz uchun ko‘pincha ko‘rimsiz va mayda tuyilgan yumushlar ham mo‘may daromad keltiradi. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar o‘zini yomon his eta boshlash xavfi bor. Bu haddan tashqari ko‘p vaqt quyosh tig‘ida yotish, cho‘milish sababli ham yuzaga kelishi mumkin. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Intuitsiya tog‘ echkisi burji ostida tavallud topganlar uchun eng yaqin do‘st va maslahatgo‘y vazifasini o‘taydi. Ish joyingizda rahbarlar tarafidan tanqid yoki tanbeh eshitsangiz, xotirjam qabul qiling. So‘z qaytarib baraka topmaysiz. Ayrimlar shaxsiy biznes bilan shug‘ullanish jarayonida qarama-qarshi jins vakili yoki vakilasi hisoblangan inson bilan juda yaqin do‘stlik rishtasini bog‘lashi mumkin. Aniqrog‘i, ular bir-birlarini sevib qolishlari ehtimoldan xoli emas. Faqat bu muhabbat romanini vaqtincha bo‘lsa-da atrofdagilardan sir tuting.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
23 iyulda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar yangi hamkor topishlari va u bilan foydali shartnomani imzolashlari kutiladi. Moliyaviy muammolaringiz bugun xamirdan qil sug‘urgan kabi yengil bartaraf etiladi. Kissangiz pulga to‘ladi xudo xohlasa. Muhabbatda ham omadli lahzalarni boshdan kechirasiz. Ayrim oila qurmagan yigitlar bugun nihoyat o‘zi yoqtirgan qizga ko‘ngil izhorini aytishi mumkin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Baliq burji ostida tug‘ilganlarning bugungi kuni osuda, asabiylashishlarsiz o‘tishi kutilmoqda. O‘tgan haftadan qolib ketgan yumushlarni bajaring. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun kunning ikkinchi yarmida xorij kompaniyalaridan biri bilan hamkorlik rishtalarini bog‘lashingiz uchun qulay imkoniyat tug‘ilishi mumkin. Pulingizni juda tejab ishlating. Aks holda inqirozga yuz tutishingiz hech gap emas.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
AQSH Ukrainani harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 18 ga tushirishga chaqirmoqda
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi