00:42 / 01.08.2018
4 749

Munajjimlar bashorati: 1 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 1 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun har qanday noqulay vaziyatlarda ham intuitsiyani ishga soling. Shu narsa moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda ham juda asqotadi. Ish joyingizda ko‘proq tajribasi borlar bilan muloqotda bo‘ling, hamkorlik qiling. Do‘stlar maslahatiga ham quloq tutib o‘tirmang. Qalbingizga quloq soling, shuning o‘zi yetarli bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar holsizlikdan bezovta bo‘lishlari kutiladi. Kechqurun xizmat safariga jo‘nash zarurati tug‘ilsa, sira o‘ylanmay yo‘lga chiqing. Bu safar moddiy manfaat keltiradi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

1 avgust kuni har bir qadamingizni o‘ylab bosishingizga to‘g‘ri keladi. Yo‘qsa jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yib afsuslanishingiz mumkin. Ayniqsa, pul masalasida xatoga yo‘l qo‘yish juda alam qiladi odamga. Garchi eng aqlliman degani maslahat bersa ham, xo‘p deng-u o‘z bilganingizdan qolmang. Oilasizlar kunning ikkinchi yarmida bo‘lg‘usi juftini uchratib tanishishlari ehtimolga yaqin. Toza havoda sayr qilishni unutmang. Ayrimlar kech tushishi bilan olis safarga jo‘nab ketishi ham mumkin. Ba’zilar esa yaqin do‘stlardan birinikiga mehmon bo‘lib borishni ma’qul ko‘radi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun kimda kim sizdan yordam so‘rab murojaat etsa, albatta yordam bering. Bu faqat pul masalasida emas, boshqa mazmundagi yordam ham bo‘lib chiqishi mumkin. Juftingiz bilan bugun o‘zaro munosabatlaringiz qancha yorqin bo‘lsa, shuncha quvonasiz, kayfiyatingiz ko‘tarinki bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida ommaviy tadbir uyushtirishingiz kutiladi. Ro‘zg‘ordagi buyumlardan tashqari har qanday turdagi eksperimentlar muvaffaqiyatli kechadi. Tavakkalchilik talab qiladigan ishlarga qo‘l urishdan saqlaning.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

1 avgustda ishni sira shoshilmasdan, yetti o‘lchab bir kesgan holda boshlayvering. Shoshib qayerga ham borardingiz. Baribir xudoning aytgani bo‘ladi. Moliyaviy masalada o‘zingizni tutishingizga alohida e’tibor bilan yondashing. Basharti kimdir sizdan pul qarz so‘raydigan bo‘lsa, oxirgi marta qarz berganingizda qancha muddat ichida qaytarganini yodga oling. Shundan keyingina qaror qabul qiling. Serqatnov yo‘llarda hamisha sergak bo‘ling. Salomatligingizni asrang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar bugun birinchi o‘rinda sog‘lig‘ingizga e’tibor qaratishingizni maslahat beradi. Shunday qilingki, yozning oxiriga qadar xastalanishdan sug‘urtalangan holda qoling. Hatto katta pul taklif etsalar ham jismoniy mehnatdan qoching. Sog‘liqqa putur yetishi mumkin. Ijodkorlarning kuni tug‘adi. Ilhom parilari kechga qadar sizni tark etishmaydi. Kechqurun suyukli insoningizga tegishli yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

1 avgust kuni parizod burji ostida tug‘ilganlarning kayfiyati xuddi qon bosimiga o‘xshab sakray boshlashi mumkin. Bunday kayfiyat bilan janjalli vaziyatlarda qolishingiz ham hech gap emas. Sergak turing. Agar muhabbatda tavakkal qilmoqchi bo‘lsangiz, buning oqibatini yaxshilab o‘ylab oling. Oilali do‘stlarimiz hayotida bugun kichik muammolar paydo bo‘lishi kutiladi. Bu nafaqa va pensiya olish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bankdan kredit olishni zinhor xayolingizga keltira ko‘rmang. O‘zingizga balo orttirib olasiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Kuningiz juda qiziqarli kechishi kutilmoqda. Ammo yangi ishlarga emas, avval bitira olmagan ishlarga qo‘l urib, ularni intihosiga yetkazing. Aynan o‘sha ishlar sizga ko‘proq naf beradi. Atrofdagilarning maslahatiga emas, qalb sadosiga quloq tuting. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar magnit bo‘ronlari haqida eslab qolsinlar va shunga qarab muolaja, profilaktika amallarini ado etsinlar. Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar yemang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

1 avgustda yaqin o‘tmishdagi quvonchli lahzalar yodingizga tushib, ularni sog‘ina boshlaysiz. Mabodo o‘sha lahzalarni takrorlashga o‘zingizda kuch va imkoniyat borligini his etsangiz, olg‘a qadam tashlayverishingiz mumkin. Oilasizlarni kunning ikkinchi yarmida romantik uchrashuvlar va yoqimli sovg‘alar kutib qoladi. Oldindan sayohat qilishni yo olis safarga chiqishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, bu rejangiz muvaffaqiyatli amalga oshadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Yolg‘izlar ertalab ko‘chaga chiqishadi-yu, ishqiy sarguzashtlar ummoniga sho‘ng‘ish pallasiga kirishadi. Faqat cho‘kib ketishdan ehtiyot bo‘ling. Uy yumushlari ham sizning zimmangizda ekanini unutmang. Bo‘lg‘usi juftingizga xushomad qilishda qo‘rqitib yubormaydigan usuldan foydalaning. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadiganlar yangi hamkorlarni o‘z tarafiga og‘dirish yo‘lida bugun ancha-muncha ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

1 avgust kuni ertalabdan neki ish bajarishni o‘ylab qo‘ygan bo‘lsangiz, puxta rejalar tuzib chiqishga erinmang. Qalbingizda shu ishni muvaffaqiyatli ado etish uchun zarracha shubha bo‘lsa ham baribir muvafffaqiyatga erisha olmaysiz. Moliyaviy ahvolingiz bugun hammanikidan yaxshi bo‘ladi. Shuning uchun sira tap tortmay yirik xaridlarga qo‘l uraverishingiz mumkin. Baribir zahirangizda yetarlicha mablag‘ qoladi. Kun davomida ko‘proq suyuqlik iste’mol qiling. Buyraklar faoliyati yaxshilanadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Qiladigan ishingizni erinmasdan rejalashtirib, ularni qog‘ozga ham tushirib qo‘ying. Bu asosan yirik korxonalarda ter to‘kadiganlar, yuqori lavozim egalariga tegishli desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Ishda qancha tartib bo‘lsa, shuncha omadli kechadi. Ba’zilardan ishxonadagi rahbarlar ranjigan bo‘lishi mumkin. Demak, bajargan ishingizdan qoniqish hosil qilishmagan. Bu xatoni qisqa fursatda tuzatishingiz lozim bo‘ladi. Oilasizlar faqat tasodif tufayligina bo‘lg‘si juftini uchratishlari mumkin. Buguncha boshqa yo‘li yo‘q.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

1 avgust kuni ishga astoydil kirishavering. Rahbarlar sizni yuqori lavozimga ko‘tarish haqida o‘ylab yurishibdi. Ajab emaski, bugun o‘sha orzu haqiqatga aylansa. Kechqurun sodir etadigan harakatlaringiz ro‘yxat ko‘rinishida tuzib qo‘yilishi kerak. Oilasizlar uchrashuvga, qolganlar majlis, safar va xaridlarni amalga oshirishga oid harakatlarni sodir etishadi. Ularning barchasi siz o‘ylagandan ham go‘zalroq kechadi.

Manba: "Hordiq"

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 1 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?