Gunohkorlar qirolidirman,
Shum nafsimning qarolidirman,
Qalbi darddan yarolidirman,
Jannatingda menga joy bormu?
Aylamasam sen uchun sujud,
Ko‘zlar ko‘ru shol bo‘lsin vujud.
Barpo qilsam har tun tahajjud,
Jannatingda menga joy bormu?
Yurak deya atalmish qadah,
Dard mayiga to‘ladir vah-vah.
Oshiqqanim emasdir do‘zah,
Jannatingda menga joy bormu?
Riyo nomli libosdan kechsam,
Kibr otlig‘ choponni yechsam,
Yig‘lab tavba sharobin ichsam,
Jannatingda menga joy bormu?
Amal qilsam Kalomullohga,
Durud aytsam Rasulullohga.
Istig‘forlar aytsam gunohga,
Jannatingda menga joy bormu?
La’in mani suymaganmikan?
Badbaxtligim tuymaganmikan?
Oxiratim kuymaganmikan?
Jannatingda menga joy bormu?
O‘z uyingda berar bo‘lsam jon,
Yo to‘kilsa shahidlikda qon.
To‘qson to‘qqiz ismi bor Sulton,
Jannatingda menga joy bormu?
Abdurahmon MEShAYaN
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”