00:32 / 10.08.2018
6 891

Munajjimlar bashorati: 10 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 10 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun yo‘q joydan adolat izlab ovora bo‘lmang. Yo‘qni baribir yo‘ndirib bo‘lmaydi. Kuningiz tushdan keyin yorqin hodisalarga juda boy bo‘lishi kutiladi. Moliyaviy masalada u qadar omadingiz kulmasa-da, pulsiz ham qolib ketmaysiz. Agar shu pullarning bir qismini o‘zingiz uchun sarflasangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang. Uxlashga yotishdan oldin og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

10 avgust kuni birovlarning janjaliga zinhor qo‘shila ko‘rmang. Oqibatda o‘zingizni aybdor qilib qo‘yishadi. Har kim o‘z muammosini o‘zi hal qilaversin. Kun davomida tabiat qo‘ynida dam olish uchun ham vaqt ajrating. Salomatligingiz uchun bu juda ham muhim. Shaxsiy hayotda esa hazil-mutoyiba yordamidagina chigal vaziyatlardan chiqib keta olasiz. Muhabbatda juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizni birovlar bilan aslo taqqoslay ko‘rmang. Baribir undan yaxshisini topa olmaysiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Ishxonangizda birinchi qiladigan ishingiz hamkasblar va rahbarlar oldida mavqeingizni yanada ko‘tarib olishdan iborat bo‘lishi lozim. Katta ishlarni birinchi navbatda ado etishga harakat qiling. Ular daromadning ham kattasini olib keladi. Muhabbatda qaynoq ehtiroslarga zeb bermang. Dakki eshitib qolishingiz mumkin. Har bir chigal vaziyatdan dars oling. Toki kelgusida bu xatolar takrorlanmasin. Kechqurun kimlardir xizmat safariga jo‘nab ketishi mumkin. Bu safar sizga har jihatdan omad keltiradi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

10 avgust kuni atrofdagilar, ayniqsa, yoshi o‘zingizga nisbatan ulug‘lar bilan masofani saqlagan holda muloqot qiling. Oilangizdagilar qarshisida haddan ziyod qahramonlik ko‘rsatishga urinmang. Janjal kelib chiqish ehtimoli bor. Neki ishga qo‘l urmang, faqat o‘z kuchingizga va imkoniyatingizga suyaning. Salomatlik haqida alohida qayg‘uring.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar kuningiz yengil kechmasligi mumkinligini bashorat qilgan. Dam olgingiz keladi, biroq vaqt yo‘q. Ish ko‘pligidan bosh qashishga fursat topa olmaysiz. Lekin daromadi ham shunga yarasha bo‘ladi. Reaktiv samolyot kabi katta tezlikda ishlarni bitiring-u, mulla jiringni xotirjam tortgan holda sanab olavering. Bu sizning shioringizga aylanishi kerak. Kechqurun ajoyib bir inson bilan tasodifan uchrashib qolishingiz kutiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

10 avgustda har bir vaziyatga dilgirlik bilan nazar tashlashga va tahlil qilishga ulgurishingiz kerak. Ikkilanishlar, o‘ylanib turishlar bugun sizga faqat zarar keltiradi. Ishxonangizdagi rahbarlar sizdan yangi g‘oyalar kutishmoqda. Shoshilishingiz kerak. Muhabbatda shaxsiy tuyg‘ular asiriga aylanishdan ko‘ra, erkin qush kabi xayolot osmonida sayr qila turganingiz ma’qul. Emotsiyaga erk bermang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Ichki dunyoingizda yana bir dunyo zohir eting. U dunyoga atrofdagilarning eng yaxshilarini kiriting. Hadeganda birovlarning muammosini hal etishga kirishavermang. O‘zingizda ham muammo tiqilib yotibdi. Agar kimdandir pul olishingiz zarur bo‘lsa, bu pullarni halol ter to‘kish evaziga ishlab topgan bo‘lsangiz, darhol oling va kissangizga joylang. Sizni aldashlariga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun yaqin do‘stingiz katta daromad keltiradigan ishda hamkorlik taklif etishi mumkin. Oldin hujjatlar bilan tanishib, ana undan keyin rozi bo‘ling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

10 avgustda kayfiyatingiz har qachongidan ham a’loroq bo‘ladi. Bunga atrofdagilar ham arzirli javob qaytarishadi. Ko‘ribsizki, shunday ko‘tarinki kayfiyatda amalga oshirilgan ishlar albatta muvaffaqiyat olib keladi. Juda yog‘li va shirin taomlardan ilkis yuz buring. Ayniqsa, oshqozon-ichak va jigarda muammo bo‘lsa, bunday taomlarning yaqiniga ham yo‘lamang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kuningiz juda yengil va quvnoq kechadi. Lekin kunni boshni baland ko‘targan holda, mag‘rur kechirishingiz kerak. Toki sizni ko‘rolmaslar tilini tishlasin. Hasadgo‘ylar ich-etini yeb o‘zlari qazigan chuqurga o‘zlari yiqilsin. Har jabhada qarindoshlar maslahatlari bilan sizga dalda bo‘lishlari kutiladi. Moddiy jihatdan sira kutilmaganda yaqin tanishlardan biri yordam qo‘lini cho‘zadi. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

10 avgustda adolat istay boshlaysiz. Tasavvuringizda atrofdagi jami jonzotlar sizga nisbatan adolatli bo‘lishlari lozim deb hisoblaysiz. Ammo siz-chi? Siz ham ularga nisbatan adolatlimisiz? Shu savolga javob topsangiz, ham yengil tortasiz, ham chigal vaziyatlar changalida qolib ketmaysiz. Bugundan e’tiboran gimnastika bilan jiddiy shug‘ullana boshlasangiz, yaqin kelajakda salomatlikdan umuman shikoyat qilmay qo‘yardingiz.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Yulduzlar avvalo to‘laqonli dam olishingizni maslahat berishadi. Iloj topilsa, tabiat qo‘yniga chiqib istirohat qilsangiz ham ziyon qilmasdi. Kunning ikkinchi yarmida moddiy jihatdan ahvolingiz yaxshilanishi kutiladi. Muhabbatda esa ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun birinchi bo‘lib siz harakat boshlashingiz kerak. Kechqurun ayrimlarga nisbatan allakimlar bo‘hton uyushtirishi mumkin. Bunday vaziyatlardan sukut yordamidagina silliq chiqib keta olasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

10 avgust kuni baliq burji ostida tug‘ilganlarni favqulodda olis safar kutib turibdi. Siz shu bahonada dunyoni tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Kun bo‘yi xayollaringizda taftish o‘tkazing. Shunday taftish tashkil etingki, xayolingizda hech qachon bo‘lmag‘ur hodisalar va gap-so‘zlar erkin harakatlana olmaydigan bo‘lsin. Shunda ruhan tetik va ko‘tarinki bo‘lasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 10 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?