00:33 / 26.08.2018
6 642

Munajjimlar bashorati: 26 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 26 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

26 avgust kuni oʻzingiz oʻzingizdan qochishni ixtiyor eta boshlaysiz. Afsuski, oʻzingizdan qochib qayergadir berkinishning imkoni yoʻq. Berkinadigan joyning oʻzi yoʻq. Yolgʻonga qorishiq ishqiy sarguzashtlardan qoching. Ana ulardan berkinish uchun Ollohning panohi bor. Bundan-da ishonchliroq, xavfsizroq panoh topa olmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida shaxsiy mashinangizda safarga chiqishdan saqlaning. Koʻngilsizlik yuz berishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Vujudingiz kuch va imkoniyatlarga liq toʻlaligini uyqudan uygʻoniboq his eta boshlaysiz. Xuddi shular kun davomida sizga tirgak vazifasini oʻtaydi. Asosiysi, sergaklikni qoʻldan bermasangiz, dangasalik qilmasangiz bas. Barcha ezgu niyatlarga yetasiz. Muhabbat bobida esa tanaffuslarni yuzaga keltirishingiz zarur. Yaʼni, begonalar bilan ishqiy sarguzashtlarga berilish sizga yaxshilik keltirmasligini yana bir karra yodga oling. Salomatlikni saqlang, asablarni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

26 avgustda oila qurishga ulgurmaganlar oʻzi tanlagan inson bilan birga olis safarga otlanishi kutiladi. Bu baxt hammaga emas, ayrimlarga nasib etishi mumkin xolos. Ish joyingizda muhit sokin, koʻngil mulkiga koʻz tashlab oling. Tuygʻularingizni imtihon qiling. Shaxsiy hayotda yaqinlaringizga bilib-bilmay yolgʻon gapirib qoʻymang. Bu yolgʻonning oqibati yaxshi boʻlmaydi. Surunkali xastalikka chalingan boʻlsangiz, oʻzingizni ehtiyot qiling va dorilarni oʻz vaqtida ichishni unutmang.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Bugun yulduzlar sizga oʻzga shahar, qishloqda ajoyib uchrashuvlar, yangidan-yangi tanishuvlarni vaʼda qilishmoqda. Tushdan keyin xizmat safariga joʻnaysiz-u, xuddi shu tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Oila qurmagan boʻlsangiz, muhabbat bilan bogʻliq tanishuvlar ham sodir boʻlishi mumkin. Ayrimlar esa ishxonasidagi qarama-qarshi jins vakili yoki vakilasi bilan ishqiy sarguzashtlarni boshlashga shay turibdi. Qayting, bu yoʻlda xavf-xatardan boshqasiga uchramaysiz.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

26 avgust kuni istaklaringiz amalga osha qolmaganidan ranjishingiz kutiladi. Lekin bunday lahzalardan fojia yasash shart emas. Dunyoning oʻzi oʻtkinchi boʻlganidek, muvaffaqiyatsizliklar ham abadiy emas. Moliyaviy masalada ham ishlaringiz chalkashdek. Birovlardan qarzingiz boʻlsa, bugun qaytarishni unutmang. Muhabbatda esa yaxshisi melodramalar tomosha qilganingiz, yoki romanlar mutolaa qilganingiz maʼqul.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Kuningiz faollik bilan boshlanadi. Kunning birinchi yarmida olisroq manzilga joʻnab ketishingiz ehtimoli ham yoʻq emas. Tadbirkor boʻlsangiz, hamkorlar bilan chala qolgan ishlarni bitirib qoʻyishingizga toʻgʻri kelishi mumkin. Moddiy ahvolingizni kimdir yaxshilab berishidan umid qilmang. Bugun muammoni oʻzingiz mustaqil hal etishingiz kerak boʻladi. Kechqurun sportning faol turlari bilan shugʻullanish xayrli kechadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

26 avgustda ichki va tashqi dunyongizni oʻzgartirish uchun barcha imkoniyat eshiklari ochiq boʻladi. Faqat oʻzingizda xohish boʻlsa bas. Ijodkor boʻlsangiz, bugun koʻngilga yaqin insonlarni yigʻib, soʻnggi ijod namunalaringizdan oʻqib bering. Shunda oʻzingiz ham ular bilan baravar zavq olasiz. Obroʻli shaxslardan kimningdir qulogʻiga tushsa, ijodingizning kelajagi porloq boʻlib ketishi ham haqiqatga yaqin.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Aniq maqsadlarni yurakka jo qilgan holda erta tongdanoq ish boshlang. Erta tongda qilingan niyatlar, amalga oshirilgan ishlarning intihosi albatta quvonchli boʻladi. Ular oʻzidan koʻpaya boshlaydi. Muhabbatda ayrimlar sobiq sevgilisini uchratib qolishi mumkin. Orangizda munosabatlar yangilanish pallasiga kirishi ham ehtimolga yaqin. Salomatlikni mustahkam saqlash uchun ovqatlanish va shaxsiy gigiyenaga amal qilsangiz kifoya.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

26 avgust kuni bosh qashishga ham vaqtingiz qolmasligi mumkin. Ish koʻpaygandan koʻpayadi. Bu mehnatning rohati ham bor. Faqat qanoatli boʻlishingiz kerak. Kun mobaynida daromadlaringiz ham sezilarli tarzda ortib boradi. Bir qismini yaxshi kunlar uchun olib qoʻysangiz ham ziyon koʻrmaysiz. Shaxsiy hayotda nimalarni niyat qilgan boʻlsangiz, Ollohning karomati bilan barcha niyatlaringiz haqiqatga aylanadi.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Bugun yulduzlar xudo buyurgan ishlar bilan band boʻlishni maslahat berishmoqda. Agar oʻz bilganingizdan qolmay, rejalaringizni amalga oshirmoqchi boʻlsangiz, bilingki, faqat koʻngilsizliklarga yuz tutasiz. Muhabbatda xatoliklar koʻzga tashlanmaydi. Harqalay, bu masalada toʻgʻri qarorlar qabul qilasiz. Oilasizlarning aksariyatini bugun romantika va hayajonli uchrashuvlar kutib qoladi. Salomatlikni mustahkam saqlang. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

26 avgustda kuningiz siz oʻylaganchalik yengil kechmaydi. Arzimagan xatoliklar tufayli boshi berk koʻchaga kirib qolishingiz xavfi koʻp. Ayniqsa, shaxsiy hayotda sergak boʻling. Xatoga yoʻl qoʻymaslikka harakat qiling. Illyuziya hamda ehtiroslardan nariroq boʻling. Moddiy ahvolingiz yaxshilanishida eski qadrdonlardan birining yordam berishi kutiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Taqdiringizni yolgʻiz qolgan holda bir tahlildan oʻtkazing. Agar tuygʻularingiz yorqinlasha qolmasa, ishga beriling. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda sizdan faollik talab qilinadi. Boʻshashmang va olgʻa boring. Oila qurishga ulgurmaganlar bugun kun davomida boʻlgʻusi juftini topishlari, tanishishlari mumkin. Kechqurun olis safarga otlanishingiz kutilmoqda. Safar sizga yorqin taassurotlarni hadya etadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 26 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?