QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Shaxsiy hayotingizga birinchi navbatda eʼtibor qarating va juftingizga yon berishga harakat qiling. Orangizda shu birgina yon berishni deb janjal chiqaversa, roʻzgʻordan baraka qochadi. Ishxonangizda ham zimmangizga yuklangan vazifalarni shoshma-shosharliklarsiz ado eting. Aks holda oʻzingizga nisbatan yoshi ulugʻ, tajribasi koʻproq hamkasblar qarshisida uyatga qolib ketishingiz mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
29 avgustda shu kunga qadar oʻzingiz uchun ogʻir tuyulib kelgan yumushlarni uddalab, hamkasblar va rahbariyatni hayratda qoldirishingiz kutiladi. Haqiqiy professional ekaningizni tan olishga majbur boʻlishadi. Muhabbatda oilasizlarni ham, oilalilarni ham omad kutadi. Munosabatlar yuqori choʻqqilarni zabt eta boshlaydi. Bu munosabatni yoʻqotib qoʻymaslikka harakat qiling. Salomatlikni mustahkam saqlash uchun asablarni asrashingiz kerak boʻladi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kuningiz gʻalatomuz kechishi kutilmoqda. Atrofingizda sodir boʻlayotgan kutilmagan hodisalarni koʻrib hayron boʻlishdan tiyila olmaysiz. Miyangizni turli savollar chulgʻab olishi mumkin. Agar shunday boʻlsa, savollarning javobini oʻzingizdan qidiring. Qavm-qarindoshlarning koʻnglini ogʻritadigan gaplarni gapirib qoʻyishdan saqlaning. Muhabbatda bir talay muammolaringiz bor. Lekin ular yechimini topsa boʻladigan. Sal dilgirlik qilsangiz, vaziyatni oʻz tomoningizga ogʻdira olasiz. Juftingizni rashk qilishdan tiyiling.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
29 avgust kuni kun davomida qalbingizni faqat quvonchli lahzalar zabt etishi kutilmoqda. Doʻkon yo bozor aylanishni ixtiyor qilsangiz, pul ham yetarli. Ishxonadagi yumushlarga biroz koʻproq ijodiy yondasha bilsangiz bas. Mavqe va obroʻ ham naqd deyavering. Hatto, hamkasblar orasidagi sizga hasad koʻzi bilan boqadiganlar ham hayratdan yoqa ushlashlari aniq. Kunning ikkinchi yarmida salomatlikni mustahkamlash uchun xizmat qiluvchi mashgʻulotlar bilan band boʻling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun xayrli ishlarni amalga oshiradigan kuningiz. Muvaffaqiyat ham, moddiy toʻkinlik ham xuddi shu amal tufayli siz tomon ogʻishi mumkin. Tanisangiz-tanimasangiz, odamlarga koʻproq yaxshilik qilishga intiling. Moliyaviy muammolarni ham sira shoshilmasdan bartaraf eting. Basharti kimdir qachonlardir sizdan qarz olib, qarzini qaytarmagan boʻlsa, bu masalani ham shirinsuxanlik, aniqrogʻi, kulib turib jonini olar darajadagi muomala bilan hal eting.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
29 avgustda ish joyingizda haddan tashqari faol boʻlishdan saqlaning. Agar jamoaviy yumushlardan koʻnglingiz toʻlmasa, yolgʻiz qolib oʻz vazifangizni bajarishda davom eting. Ayollarga bugun tashqi koʻrinishini yaxshilashga qaratilgan amallar juda foyda beradi. Surunkali xastalikka chalinganlar bugun albatta klinikaga borib navbatdagi koʻrikdan oʻtishlari shart. Kechqurun yogʻli taomlar isteʼmol qilmang. Kechqurunga borib moddiy manfaat koʻrishingiz kutiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz xayrli va sokin kechadi. Ezgu niyatlarni amalga oshirishingizda hech qanday toʻsiq boʻlmaydi, ishonavering. Kun davomida mehnat qilib, kechqurun albatta rohatini koʻrasiz. Tadbirkor boʻlsangiz, hamkorlar, sheriklar bilan yangi loyihalardan birini hayotga tadbiq etish harakatida boʻlishingiz kutilmoqda. Muhabbatda oila qurmaganlar uchun aytarli yangilik yoʻq. Romantikani ham kutib turishingizga toʻgʻri keladi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
29 avgust kuni atrofdagilar bilan birga xursandchilik shovqinini koʻtarishingiz kutiladi. Barchangiz chin yurakdan quvnaysiz. Garchi bu xursandchilik uzoq davom etmasa-da, bir umrga tatiydi. Moliyaviy masalada esa negadir zulmat hukm suradi. Shu xususda biroz kayfiyatingiz tushishi mumkin. Har qanday koʻrinishdagi jismoniy zoʻriqishlarni boshqa kunga qoldiring. Sportning juda koʻp jismoniy zoʻriqish talab etadigan turlari bilan shugʻullanmang. Salomatligingizga putur yetishi mumkin.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kun oʻqotar burji ostida tugʻilganlar uchun ogʻir, muammolarga boy tarzda boshlanadi. Lekin qaygʻurishga asos yoʻq. Keyinroq quvonchli lahzalar ham albatta qalbingizda mehmon boʻladi. Ishda muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, koʻngilni choʻktirmang. Odam abadul-abad yuqori choʻqqida turib qola olmaydi. Muhabbatda ishqingizni juftingiz yo boʻlgʻusi juftingizga isbotlash uchun ortiqcha harakatlar sodir etmang. Bu uning jahdini qoʻzgʻaydi xolos. Bir soʻz bilan aytganda, kun davomida hayotingizdan koʻnglingiz toʻlib vaqt oʻtkazing.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
29 avgust kuni uyqudan juda horgʻin koʻrinishda uygʻonasiz. Bu kelgusida depressiya tomon boshlab ketib qolishi mumkin. Shu sababli asabni jilovda ushlashga harakat qiling. Moliyaviy muammolar koʻpaya borsa, xatoni oʻzingizdan qidiring. Xarajatlarni kamaytirishingiz zarurligi haqida oʻylab koʻring. Tadbirkorlar uchun bugun imzolanadigan shartnomalar, xizmat safarlari omadli kechadi. Charchoqni yengish uchun kechqurun faqat hammom yordam bera oladi.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Yaqin oʻtmishdagi muvaffaqiyatlarni eslab behuda vaqt oʻtkazmang. Hozirgi kuningizga nazar soling. Agar qaysidir ishni uddalay olmayotgan boʻlsangiz, hamkasblarga yordam soʻrab murojaat eting. Moliyaviy muammolar ijobiy hal boʻlishini mayda-chuyda ishlar taʼminlab beradi. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan aslo janjallashmang. Janjal sizni boshi berk koʻchaga olib kirib qoʻyishi mumkin. Salomatligingizda muammo sezilsa, vrach qabuliga borishga erinmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
29 avgustda sabrli boʻlishingiz tavsiya etiladi. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham muammolar yetarlicha topiladi. Sabr muammolar kaliti. Hammasi vaqt-soati kelib albatta bartaraf etiladi. Jismoniy holatingizda balans yuzaga kelishini istasangiz, kechqurun yoga bilan mashgʻul boʻling. Doʻstlar, tanishlar bilan qoʻngʻiroqlashing, shirin suhbatlar quring. Oila qurmagan boʻlsangiz, bugun muhabbat sizning ham qalbingizga mehmon boʻlishi kutiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”