00:30 / 03.09.2018
6 452

Munajjimlar bashorati: 3 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 3 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Bugun fidoyilikni biroz kamaytirgan holda ayyorlikka koʻproq eʼtibor qaratishingiz kerak boʻladi. Toʻgʻri, ayyorlik bilan barcha muammolarni bartaraf etib boʻlmaydi. Ammo dunyoga boshqacha nazar bilan boqa boshlaysiz. Kimning aslida kim ekanini anglab yetasiz. Muhabbatda ham shunday. Inson bir kitob, uni hech qachon toʻliq oʻqib chiqib boʻlmasligi haqiqat boʻlsa, ayyorlik yoʻli bilan umr hamrohingizning sizga nomaʼlum sirlarini bilib olasiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

3 sentyabr kuni azaliy orzularingizning haqiqatga aylanishi uchun harakatlar sodir eting. Lekin oldin reja tuzib olishni unutmang. Ish joyingizda shoshilinchda barcha yumushlarni uddalashga urinmang. Hammasining oʻz vaqt-soati boʻlishini unutmang. Kunning ikkinchi yarmida yaqin manzilga safar qilishingiz kutiladi. Bu safar sizga iliq taassurotlarni inʼom etadi. Siz ajoyib bir inson bilan xuddi shu safar davomida tasodifan tanishib qolishingiz mumkin.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar kuningiz omadli lahzalarga boy boʻlishini bashorat qilishgan. Imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiq boʻladi. Asosiysi, kuch va imkoniyatlarni boʻlar-boʻlmasga sarflamasangiz bas. Tejamkorlikka rioya qilmas ekansiz, inqirozga yuz tutishingiz tayin boʻlib qoladi. Bugun kechki payt sizni moʻmay daromad, yangi tanishuvlar va mhmonlar tashrifi kutib qoladi. Ammo miriqib dam olishni ham unutib qoʻymang.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

3 sentyabrda shaxsiy hayotingiz bilan jiddiy shugʻullanmasangiz boʻlmaydi. U sira yechib boʻlmaydigan krossvordga aylanib qolgandek tuyulmoqda. Demak, chigalliklar keragicha topiladi. Siz oʻsha chigalliklarni yoʻq qilishingiz lozim. Tadbirkorlar uchun yangi shartnomalarni imzolash, xizmat yuzasidan safar uyushtirish, hamkorlar bilan oʻzaro kelishuvlar muvaffaqiyatli kechadi. Salomatligingiz ham alohida eʼtibor qarating.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun ertalabdan oʻzingizda bor, ammo hech kimga maʼlum boʻlmagan qirralarni namoyish etishga haqlisiz. Sanʼat, iqtisod, hatto, bunyodkorlikda ham isteʼdodingiz yetarli boʻlsa, buni faqat olqishlash kerak. Agar hadeganda ortga burilib qarayvermasangiz albatta omadga erishasiz. Agar muhabbat bobida oʻzingiz oʻrganib qolgan takalluflar, usullar ish bermay qolgan boʻlsa, juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan oradagi munosabatlarni mustahkam saqlab qolish uchun yangi usullarni oʻylab toping.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

3 sentyabr kuni har bir ishda qatʼiyatlilik va tezlik talab etiladi. Agar mavqeingiz, hamkasblar oldidagi obroʻyingiz pastga shoʻngʻishini xohlamasangiz, xuddi shu qoidalarga amal qiling. Moliyaviy masalada ham keragicha muammolar koʻndalang turadi. Ularga ham xotirjam munosabatda boʻlishingiz talab etiladi. Oilasizlar bir qarashda muhabbat kabi holatlarni boshdan kechirishlari mumkin. Surunkali xastalikka duch kelganlar salomatliklarini mustahkam saqlashlari zarur boʻladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Agar koʻnglingiz chopmayotgan boʻlsa, 3 sentyabr kuni safarga otlanmang. Toʻgʻri, koʻpchilik bunday irim-sirimlarga beʼetibor boʻlishi mumkin. Ammo haqiqatdan qochib qutulib boʻlmaydi. Muhabbatda koʻngilsiz vaziyatlarga yoʻliqishingiz kutiladi. Baʼzilar sevgan insoni bilan munosabatlarga nuqta qoʻyish harakatiga tushishi mumkin. Kechqurun velosipedda sayr uyushtiring. Bu sizga salomatlikni mustahkamlashda juda katta foyda beradi. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

3 sentyabr kuni kimlardir ortingizdan gʻiybat qilib yurganidan xabar topasiz. Lekin bundan asabiylashish, vahimaga tushish sira kerak emas. Aksincha, shunday quvnoq yuringki, oʻsha gʻiybatchilar ich-etini yeb ado boʻlsin. Moliyaviy masalada muammo boʻlmaydi. Pul bor, qaygʻu yoʻq, qora qozon qaynab turibdi. Demak, ortigʻining nima keragi bor? Toʻgʻri emasmi? Yirik xaridlarning ham vaqti keladi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kuningiz juda qiziqarli kechishi mumkin. Bu oʻzingizga bogʻliq. Agar uchragan odamdan nuqson qidiraversangiz, faqat oʻzingizga yomon boʻladi. Optimistik xarakterga ega odamlar bilan koʻproq muloqot qiling. Ish joyingizda goʻyo oʻt boʻlib yonishingiz lozim. Yoʻqsa, barcha yumushlarni uddalab ulgura olmaysiz. Moliyaviy masalada muvaffaqiyatlar eshigi siz uchun ochiq. Faqat omadni, muvaffaqiyatlarni birovlarga koʻz-koʻzlashning sira zarurati yoʻq. Koʻz tegadi.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

3 sentyabr kuni yaqinlaringizning muammolarini ijobiy hal etish niyatida yelib-yugurasiz. Hatto, shuni deb asosiy ishlaringiz oʻlda-joʻlda qolib ketishi mumkin. Ammo oʻsha yaqinlar sizga ham shunday jon kuydira olisharmikan? Muammo ham xuddi shunda. Ish joyingizda azaliy orzular sari qanot boylab uchishingiz kerak. Lekin ehtiyotkorlikni qoʻldan bermasligingiz ham tavsiya etiladi. Agar birovlarning maslahatisiz, bilimga suyanib qolmay, qalbingizga quloq tutib koʻrsangiz, yanada koʻproq zafarli onlar sizniki boʻladi.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Kuningiz xuddi ertakdagidek kechishini yulduzlar bashorat qilmagan. Bunday boʻlmaydi ham. Chunki ertaklarni ham siz-u biz kabilar oʻylab topgan. Real hayotda esa ertak yaratish mumkin. Faqat bunga juda koʻp vaqt, harakat va qurbonlar zarur boʻladi. Kunning ikkinchi yarmida ijodkorlarning biri sizga foydali taklif bilan murojaat etishi mumkin. Darrov rad javobini bermang. Yaxshilab oʻylab koʻrish ziyon qilmaydi. Daromadi moʻmay boʻlsa, xavf-xatardan xoli boʻlsa, bunday takliflarga rozilik bildirsangiz yarashadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

3 sentyabr kuni shaxsiy hayotingiz bilan bogʻliq baxt shundoq ostonangizda turgan boʻladi-yu, siz uni koʻrmasdan oʻtib ketasiz. Bu oila qurmaganlarga tegishli. Agar koʻrmay oʻtib ketsangiz, bilingki, hali toʻy qilish, turmush qurishning payti kelmabdi. Moliyaviy muammolar va mavqeni oshirish masalasida jiddiy shugʻullaning. Sogʻligʻingiz haqida ham jiddiy qaygʻuring. Kechqurun toza havoda sayr qiling!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 3 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?