00:30 / 04.09.2018
6 055

Munajjimlar bashorati: 4 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 4 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

4 sentyabr kuni qizlar, ayollar atrofdagilarda oʻzgacha taassurot qoldirishlari kerak boʻladi. Buning uchun ertalabdayoq goʻzallik saloniga boring. Bu juda toʻgʻri yoʻl. Chunki har zamonda koʻzguga boqqaningizda, oʻzingizni koʻrib xafa boʻlmasligingiz ham zarur-da. Kun davomida barcha ishlaringiz baroridan keladi. Sogʻligʻingizni ehtiyotlash choralarini oʻz vaqtida koʻrib qoʻysangiz bas. Kechqurun oila davrasida dam olishingiz tavsiya etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Yulduzlar bugun sizga nafaqat gʻalaba, balki magʻlubiyatlarni ham vaʼda qilgan. Bir kun davomida boshingizdan shu qadar koʻp voqealarni kechirasizki, ularni yozib tugatib ham boʻlmasa kerak. Agar buyruqbozlikni maʼqul koʻrmasangiz, shaxsiy hayotingizda totuvlik hukm suradi. Kechqurun toza havoda sayr qilish, madaniy hordiq chiqarish xayrli kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

4 sentyabrda qarindoshlar bilan til topishishingiz mushkul kechishi mumkin. Ustiga ustak koʻchada ham atrofdagilarning baʼzilari boʻlar-boʻlmas sabablar bilan asabingizga tegishi mumkin. Bunday lahzalarda gʻazabga erk bermaslik kerak. Aks holda bundan-da battarroq vaziyatlar yuzaga kelishiga sababchi boʻlasiz. Ovqatlanish rejimiga amal qiling. Havo salqinlashi bilan ishtaha ham ochila boradi. Shundan ehtiyot boʻlishingiz lozim.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

Oʻzingizni oʻzingiz hadeganda ayblab, ich-etingizni yeyavermasangiz, kuningiz ajoyib tarzda kechishi tayin. Biling, omaddan qoʻrqadiganlarga u yaqinlashmaydi. Shuning uchun qoʻrqmang. Mayli, u uyingizning toʻrini egallab olsin. Agar shunday boʻlib chiqsa, dunyoda sizdan baxtlisi boʻlmasdi. Shaxsiy hayotingizda bulutli lahzalar koʻzga tashlanadi. Kimlardir sizdan norozi, siz kimlarningdir tutayotgan ishidan jahl otiga minasiz. Bu vaziyatni nima qilib boʻlsa ham yumshatishingiz kerak.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

4 sentyabr kuni birinchi boʻlib oʻzingizga oʻzingiz hisob bering. Ana undan keyin rahbarlarga, kechqurun oiladagilarga hisob berasiz. Tasodifiy, koʻz qarashi bejo odamlar bilan tanishmang, muloqot qilmang. Salomatligingizda kun boʻyi bezovtalik koʻzga tashlanishi mumkin. Oldini olib mutaxassis koʻrigidan oʻtish sira ziyon qilmaydi. Kechqurun yolgʻiz qoling va shirin xayollar qurshovida vaqt oʻtkazing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

Oila qurmaganlarning ayrimlari bugun romantik lahzalarni boshdan kechirishi kutiladi. Bu shunday romanki, kitob yozgilaringiz kelib ketadi. Hayotning lazzati ham shunda-da. Mavqeni oshirish uchun dastlabki qadamni siz tashlashingiz zarur. Ortga chekinish haqida oʻylab ham koʻrmang. Ortga yoʻl yoʻq. Har qanday koʻrinishdagi jismoniy zoʻriqishlarni nari surib qoʻying. Surunkali xastalikka chalingan boʻlsangiz, vrachlar maslahatiga qatʼiy amal qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

4 sentyabr kuni koʻp vaqtingiz yaqin oʻtmish yoki kelajak haqida xayol surishlardan iborat boʻladi. Lekin atrofdagilar bilan ham muloqot qilishingiz kerak. Buning uchun ortiqcha gaplarni nari surib, asosiylarini tilingizga koʻchiring. Muhabbatda oʻz vazifangiz hamda majburiyatingizni yana bir karra aniqlab oling. Oilasiz boʻlsangiz, muhabbat izhorlariga yoʻl berish vaqti yetdi. Bardam boʻling. Andishani oʻzingizga aslo yaqinlashtirmang.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

Bugun ertalab uyqudan uygʻonasiz-u, hech narsa koʻnglingizga yoqmay ketaveradi. Hech narsani oʻylagingiz kelmaydi. Ammo hayot qaynamoqda. Bu qozonda siz ham qaynashingiz kerak. Yoqtirmaslik, xayol surish yoki qaysarona odatlar bilan ijobiy natijaga erishib boʻlmaydi. Muhabbatda qalbingizni shubhalar egallab olishi mumkin. Biroq siz ular qurshovidan chiqib keta olmay qiynalasiz. Sabr qiling. Bugun boʻlmasa, ertaga baribir istaklaringiz kurtak yoza boshlaydi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

4 sentyabrda amalga oshirishingiz lozim boʻlgan barcha ishlar oʻz rejasida turganiga guvoh boʻlasiz. Ularni ado etsangiz, moliyaviy ahvolingiz albatta yaxshilanishi kerak. Toʻgʻri, mushkulotlarsiz ishning oʻzi yoʻq. Ammo ular sizni yanada toblaydi. Kelajak sari dadil intilishingizda yordam beradi. Sizni koʻrolmaslarga nisbatan oʻta magʻrurlik bilan munosabat yuriting. Hasad quliga aylanib qolmang. Sogʻligʻingizni ehtiyotlang. Vitaminga boy mevalardan koʻproq isteʼmol qiling.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

Yulduzlar qanday mushkulotlar boshingizga tushmasin, jazavaga tushmasligingizni maslahat berishadi. Negaki, tashvish ham, shodlik ham mehmon. Bugun kelsa, ketar payti albatta yaqin boʻladi. Ishda, shaxsiy hayotda sabrni oʻzingizga shior qilib oling. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda faqat oʻz kuch va imkoniyatlaringizgagina suyaning. Birovlardan yordam kutib ovora boʻlmang. Shunda topgan bir burda noningiz ham juda totli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

4 sentyabrda qarshingizdagi imkoniyatlar eshiklarining sanogʻi boʻlmaydi. Neki ishga qoʻl urmang, qisqa fursatda va sifatli kechadi. Bunday ishning mukofoti boʻladi albatta. Basharti doʻstlaringiz yordam qoʻlini choʻzsa, ularni rad etmang. Birgalikda ish bitirish yanada quvonchli kechadi. Tadbirkorlar uchun yangi hamkorlar bilan shartnomalar tuzish muvaffaqiyatli yakunlanadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

Tadbirkor boʻlsangiz, bugungi kuningiz baroridan keladi. Shartlashilgan ishlarning barchasi muvaffaqiyatli amalga oshib, sizga kutilgan daromadlarni hadya etadi. Faqat hamkorlarni ranjitib qoʻyadigan harakatlar sodir etmasangiz bas. Kechki payt sevimli insoningiz juda yoqimli bir kutilmagan sovgʻa hadya etishni niyat qilgan. Niyatlari vojib boʻlsin. Ayrimlar kechqurun olis safarga otlanishlari ham ehtimoldan xoli emas.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 4 sentyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?