Andijonda 32 yoshli ayol besh nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi

Andijonda 32 yoshli ayol besh nafar chaqaloqni dunyoga keltirdi

Andijon shahrida 32 yoshli ayol besh nafar farzandni dunyoga keltirdi. Tug‘ruq homiladorlikning 31 hafta 5 kunlik muddatida amalga oshgan.

Tug‘ilgan chaqaloqlarning uch nafari qiz, ikki nafari o‘g‘il bo‘lgan. Eng og‘ir chaqaloq 1605 gramm, eng kichigi esa 1205 gramm vaznda tug‘ilgan.

Bolalarning vazni:

• 1450 grammli qiz

• 1605 grammli o‘g‘il

• 1495 grammli qiz

• 1585 grammli o‘g‘il

• 1205 grammli qiz

Ona va besh nafar chaqaloqqa tibbiyot xodimlari tomonidan zarur muolajalar ko‘rsatilmoqda. Ular shifokorlar kuzatuvida qolmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar