Ikki yosh tanishuvi oila qurishga asoslanganmi yoki hissiyotlar olovi oʻchgach, qochib qolish roʻy beradimi? Bu savol yoshlarni ham, ularga masʼul boʻlgan ota-onalarini ham qiziqtiradi.
Agar yoshlar bu hissiyotlar asosida biror bir maqsadni qoʻya olsalar, bu oila qurish, kelishuv bilan tugallanadi. Agar har bir munosabatda oʻz orzu-umidlarini olgʻa surib kelisha olmasalar, ular urush-janjal oʻyinini, hissiyotlar sevgisini oʻynab mehrlarini yoqib yuborishadi. Bu munosabatning oxiri dushmanlashish, yomon koʻrish, ayblash, haqoratlash bilan yakunlanadi.
Kelajakda qanday yashash yoʻllari, muammolarni birgalikda yechish usullarini muhokama qila olishmaydi. Tanishuv ortida boshqarish va boshqarilishga koʻnish malakasi boʻlmasa-yu, sevgidan azoblanaverilsa, bu munosabatni toʻxtatish kerak.
Yoshlar hissiyot iskanjasidan chiqib, oila qurish masalasini oldiga qoʻya olmas ekan, bu munosabat 10 yillar ham davom etishi mumkin, ammo oila shakllanmaydi. Oila qurish maqsadi ostida javobgarlik hissi yotadi. Hissiyot kamayib, javobgarlik ortib boradi. Sevgining miqdori kamayib, koʻpayib turishi mumkin, ammo javobgarlik hissi yoki bor yoki yoʻq deb baholanadi.
Psixolog Zebuniso AHMЕDOVA
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi