00:30 / 10.09.2018
6 605

Munajjimlar bashorati: 10 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 10 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Uzoq yillar davomida orttirilgan hurmatingiz, jamiyatdagi oʻrningizni bir qaltis harakat bilan yoʻqqa chiqarishingiz xavfi bor. Yulduzlar sizga sergak turishni maslahat berishadi. Bu asosan shaxsiy hayotingiz bilan bogʻliq. Sizni jondan sevuvchi insonning baʼzi injiqliklari, qaysarliklariga koʻz yumishingiz tavsiya etiladi. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar yangi ishga qabul qilinishi mumkin. Ayrimlar esa moʻmay daromad egasiga aylanishlari kutiladi. Kechqurun olis safarga otlanganlarning oshigʻi olchi boʻladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

10 sentyabr kuni kayfiyatingiz ayni kuzdagidek boʻladi. Neki ishga qoʻl urmang, mushkullaringiz osonlashib, mamnun tortishingiz kutiladi. Faqat vaziyatni oʻzingizga boʻysundirishga urinmang. Omadsizlikka yuz tutishingiz mumkin. Muhabbatda prinsiplaringizni tubdan oʻzgartirishingiz talab etiladi. Juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingizning koʻnglini olish payida boʻling. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanishda injiq boʻling. Bu sizni zaharlanishdan asraydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Yulduzlar boʻlar-boʻlmasni yurakka yaqin olib oʻzingizga qoʻshimcha muammo orttirishingizni maslahat berishmaydi. Moliyaviy ahvolingiz aʼlo darajada kechadi. Bemalol doʻkonmi, bozormi, aylanib, ajoyib xaridlarni amalga oshirsangiz yarashadi. Qolaversa, bu oʻtkinchi dunyoda koʻnglingizni oʻzingiz koʻtarmasangiz, birov kelib koʻtarib qoʻymaydi. Ammo baʼzi masalalarda tejamkor ham boʻling. Spirtli ichimliklar isteʼmol qilish fikridan voz keching. Zaharlanishingiz ehtimoli bor.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

10 sentyabrda kunning birinchi yarmi bir-biridan yoqimli, ajoyib xabarlardan iborat boʻladi. Ular orasida yoqimsizlari ham boʻlishi mumkin. Shuning uchun emotsiyani jilovda ushlaganingiz maʼqul. Tushdan keyin yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz ehtimoli bor. Vujudingizda bugun kuch va gʻayrat toʻlib-toshadi. Ularni eng muhim ishlarni ado etishga bagʻishlang. Muhabbatda prinsipiallik sizga ham, juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingizga ham zarar keltiradi. Koʻngilni kengroq tuting. Undan koʻra orangizda yoqimli bir garmoniya yaratishga harakat qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Oʻzingizga yaxshi tanish boʻlmagan, yo endi tanishganlar bilan muloqot qilishda hushyor boʻling. Kun boʻyi kissavurlar, firibgarlar, dagʻal munosabatdan boshqasiga yaramaydiganlar bilan olishishingizga, duch kelishingizga toʻgʻri keladi. Jangovar ruhda boʻling. Ishxonangizda hamma ishlaringiz joyida boʻladi. Faqat bilib-bilmay, rahbarlarga gap qaytarib qoʻymasangiz bas. Xaridlarni amalga oshirishda sergak turing. Tagʻin pulsiz qolib ketib afsusda qolmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

10 sentyabr kuni asosan ijod ahlining omadi chopishi kutilmoqda. Yaratgan shedevrlaringiz, bir-biridan dardli asarlaringiz sizga yangi va koʻpdan-koʻp muxlislar eʼtiborini hadya etadi. Olqishlarning keti uzilmaydi. Oilalilar kun davomida bolalar oʻqishi, roʻzgʻor yumushlari va pulga pul qoʻshish bilan band boʻlishadi. Kechqurun tabiat qoʻynida dam olish xayrli kechadi. Oʻzingizni ehtiyot qiling. Aldanib qolishdan saqlaning. Surunkali xastalikka yoʻliqqanlar salomatliklarini koʻz qorachigʻidek asrashlari tavsiya qilinadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Moddiy toʻkinlikka olib boruvchi har qanday imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qiling. Nima boʻlsa boʻlsin, ammo sizga bugun pul juda zarur. Basharti ishlab turgan joyingizdan boʻshamoqchi boʻlsangiz, boshqa kunni tanlang. Roʻzgʻor tashvishlari, mayda muammolar tufayli baʼzilar uyidagilar bilan sen-senga borib qolishi kutiladi. Kechqurun kayfiyatingizni koʻtarinki holatga keltiring-u, oʻzingiz va yaqin insoningiz uchun kichik bayram tashkil eting.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

10 sentyabr kuni ehtiroslarga, xushomadlarga sira yon bera koʻrmang. Yoʻqsa, jar yoqasida qolib ketishingiz turgan gap. Oila qurmaganlarning baʼzi birlari boʻlgʻusi juftini uchratib, tanishishlari kutiladi. Olis safarga chiqishni moʻljallab qoʻygandingiz. Yaqin doʻstingiz yoʻqqa chiqaradi. Bu faqat sizning foydangizga. Aks holda yoʻlda biror falokatga yoʻliqishingiz ehtimoldan xoli emasdi. Agar yuragingizning mazasi boʻlmayotgan boʻlsa, boʻgʻimlar ogʻrishidan bezovtalanayotgan boʻlsangiz, profilaktik amallar ziyon qilmaydi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun doʻstlaringizdan kimdir shaxsiy hayotingiz yanada mustahkam tortishida muhim rol oʻynashi mumkin. Kun davomida dunyo, hayotga nisbatan fikrlaringiz, tasavvurlaringiz ijobiy tomonga oʻzgara boradi. Muhabbatda ham ishlaringiz yomon kechmaydi. Oila qurishga ulgurmaganlar kunning ikkinchi yarmida oʻzi orzu qilgan mehribon, muloyim insonni uchratib qolishlari haqiqat. Qondoshlardan biri kechqurun siz uchun kutilmagan sovgʻa tayyorlashni koʻngliga tukkan.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

10 sentyabrda kundalik hayotingiz zerikarli va ayanchlidek tuyula boshlaydi. Nimalarnidir oʻzgartirish harakatiga tushib qolasiz. Ishdan boʻshashni ixtiyor etasiz. Birga yashab turgan suyukli insoningizdan voz kechish payida boʻlasiz. Yoʻq, bularning barchasi keyinchalik sarobga aylanadi. Harakatlar, fikr va istaklaringizni nazoratda ushlashga urinib koʻring. Yaxshisi, tabiat qoʻynida dam oling. Fikrlaringiz tiniqlashadi, xotirjam tortasiz. Koʻribsizki, dunyo yana koʻzingizga juda goʻzal koʻrina boshlaydi.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Agar duch kelgan odamga yopishib, boʻlar-boʻlmas gaplarni gapiravermasangiz, xotirjamlik bilan ish tutsangiz, kuningiz asaldan ham totli oʻtishi turgan gap. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish davomida sergaklikni qoʻldan bermang. Tadbirkor boʻlsangiz, raqobatchilarning taʼqibidan saqlaning. Ular har qanaqasiga sizni inqirozga yuz tuttirish payida boʻladi. Tafakkurni ishga solishingizga toʻgʻri keladi shekilli. Kechqurun sizni mehmonga taklif etishlari mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

10 sentyabr sizning kuningiz deyishsa ishonavering. Ishlaringiz besh, shaxsiy hayotda muammo yoʻq, kissada pul yetarlicha bor. Bir odamga yana nima kerak, shunday emasmi?!. Hech bir ishni ilkisdan boshlamang. Shoshma-shosharlik sizga naf bermaydi. Salomatlik bobida ham ahvolingiz juda yaxshi. Faqat shamollab qolishdan oʻzingizni asrashingiz kerak.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 10 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?