00:36 / 11.09.2018
5 810

Munajjimlar bashorati: 11 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 11 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Har qanday ishni ham jamoaviy tarzda amalga oshirganingiz maʼqul. Jamoa boʻlganda ham ahil jamoani tanlasangiz faqat foyda qilasiz. Chunki yolgʻizlikda koʻzlangan maqsadga erisha olmaysiz. Siz bilan hamfikr boʻlmaganlarga yaqin yoʻlamang. Moddiy ahvolingiz ellik foizga yaxshilanishi kutiladi. Lekin shuning oʻzi ham siz uchur yetarli boʻladi. Bugun safarga chiqmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Bu sogʻligʻingiz uchun foydali.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

11 sentyabr kuni siz hayotning barcha qonun-qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda harakatlar sodir etasiz. Bu aʼlo kayfiyat, toʻkinlik naqd deganidir. Oila qurmaganlar muhabbatning diqqat-eʼtiborida boʻlishlari kutiladi. Bugun kelajak rejalar tuzish fikridan yiroq boʻling. Hayotning oʻzi vaqti kelganda hamma narsani joy-joyiga qoʻya oladi. Bugun oila qurish, yangi uyga koʻchib oʻtish va olis safarga chiqish muvaffaqiyatli kechadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

11 sentyabr kuni asosan mayda-chuyda ishlarga aralashish bilan vaqt oʻtkazishingiz mumkin. Biroq afsuslanmaysiz. Bu ishlar ham vaqti kelganda, koʻngildagi daromadni hadya eta oladi. Faqat ishning katta-kichigini tanlamasdan, ijodiy yondashsangiz bas. Agar miyangizda ishingiz bilan bogʻliq gʻoyalar paydo boʻlsa, darhol ularning etagidan tuting. Kerak boʻlsa, pulni ham ayab oʻtirmang. Kechki payt yaqin doʻstlardan biri yoqimli xabar yetkazishi, kimlardir safarga otlanishi kutiladi. Salomatlikka eʼtibor berib, zarur vitaminlar isteʼmolini unutib qoʻymang.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

11 sentyabrda cheklashlardan bezor boʻlishingiz mumkin. Allakimlar ishingizda, harakatlaringizda cheklovlar oʻylab topishi asabingizni buzishi kutiladi. Lekin sir boy bermang. Ularga qarshilik koʻrsatmagan holda xotirjamlik bilan ishingizni bitirib olishga harakat qilavering. Yaxshi kunga deb bugun pul berkitmang. Ularni roʻzgʻor kemtiklarini toʻldirish uchun ishlatganingiz durust. Salomatligingiz pand bera boshlasa, vrach koʻrigiga boring. Taomlar isteʼmolida hushyor turing.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Ammo ular juda zerikarli tuyula boshlaydi. Bunda boshqalarni ayblashingiz ham toʻgʻri emas. Chunki oʻzingiz tanlagansiz. Kimki biznes, sanʼat hamda iqtisodiy masalalar bilan band boʻlsa, uning omadi chopadi. Mavqei ham keskin tarzda orta borayotganini his etadi. Shaxsiy hayotingizda nimadir koʻngildagidek kechmasa, taqdirni aldab ish bitirishga urinmang. Bugun ishlab topadigan pullaringizning teng yarmini yaxshi kunlar uchun olib qoʻying. Keyin natijasini koʻrasiz.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

11 sentyabr kuni jiddiylikdan qoching. Hazil-mutoyibagina sizni oldinga yetaklay oladi. Agar bajarayotgan ishingiz oʻzingizga yoqmasa, boshqa ish toping. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda sizdan tezkorlik talab qilinadi. Busiz istalgan natijaga erisha olmaysiz. Omadingiz chopib katta pul keltiradigan joy topsangiz, qoʻldan chiqarib yubormang. Darhol shu ish bilan shugʻullanishni boshlang. Surunkali xastalikka yoʻliqqanlar salomatligini toʻxtovsiz nazoratda ushlashlari kerak boʻladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Eng muhim ishlarni bajarishda xarakteringizni yanada yaxshiroq tarafga oʻzgartirishingiz tavsiya qilinadi. Oʻzingiz bajarayotgan ishga nisbatan masʼuliyatli boʻling. Shunda rahbarlardan tanqid oʻrniga faqat rahmat eshitasiz. Rahmatning ortida esa albatta moddiy ragʻbat turadi. Muhabbatda yaqin oʻtmishga qaytishdan saqlaning. Xizmat safariga chiqish bugun har taraflama muvaffaqiyat keltiradi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

11 sentyabr kuni tadbirkorlar nihoyatda sergaklik bilan ish boshlashlari lozim. Negaki, raqobatchilar yoʻlingizga toʻsiqlarni koʻndalang qoʻyishga shay turibdi. Sal gʻaflatda qolsangiz, katta yoʻqotishlarga yuz tutishingiz hech gap emas. Muhabbatda adolatli boʻling. Juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingizning tuygʻulari bilan oʻynashni xayolingizga ham keltirmang. Ayrimlar kunning ikkinchi yarmida oʻzini lohas his eta boshlashi mumkin. Shamollashdan bezovta boʻlsangiz kerak.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun kunning birinchi yarmi siz uchun juda muvaffaqiyatli boshlanadi. Xudo bersa hech gapmas-da. Qachonlardir bajargan ishingiz uchun katta pul tutqazishlari kutilmoqda. Bu pul shaharda butun boshli kvartira sotib olishga ham yetadi. Halolingiz boʻlsin! Sogʻligʻingizdan shikoyatingiz deyarli boʻlmaydi. Baʼzilar bosh ogʻrigʻidan bezovtalanishlari mumkin. Sport bilan shugʻullanishni boshqa kunga qoldira turing.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

11 sentyabr kuni haqiqiy yetakchiga aylanishingiz kutilmoqda. Ishda ham, shaxsiy hayot, koʻcha-koʻyda ham oʻzgalarni ortingizdan ergashtirishda sizga yetadigani boʻlmaydi. Ammo bu tasodifiy isteʼdoddan iloji boricha oʻz manfaatlaringiz yoʻlida foydalaning. Yaqin doʻstlardan biri bilan kunning ikkinchi yarmida bahslashib qolishingiz xavfi bor. Vaziyatni yumshatishga qaratilgan harakatlarnigina sodir etishga urinib koʻring.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Bugun aslo manmanlik quliga aylana koʻrmang. Bu ishingiz atrofdagilarga sira yoqib tushmasligi mumkin. Ayniqsa, ishxonadagi hamkasblar bilan kamtarona munosabat yuritishingiz toʻgʻriroq boʻladi. Oila qurmagan boʻlsangiz-u, oʻzingizga yoqqan odamni uchratib qolsangiz, darhol bu gʻalabani nishonlashga tushib ketmang. Oldin uning xarakterini oʻrganib chiqing. Tuygʻular bilan ehtiyotkorona munosabatda boʻling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

11 sentyabrda oʻzingizga yaqin insonlarni juda ehtiyot qiling. Ularning koʻngliga ogʻir botadigan gaplarni tilingizga koʻchirmang. Kimlardir maslahat bersa, yordam qoʻlini choʻzish istagini bildirsa, inkor qilmang. Shaxsiy hayotni oʻz ssenariyingiz boʻyicha yoʻlga tushirib olishingiz uchun qulay imkoniyatlar paydo boʻladi. Ularni qoʻldan chiqarmang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 11 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?