Vaqtni samarali rejalashtirish, majburiyatlarni taqsimlash, muloyimlik va mustaqillik bularning bari – har qanday tadbirkor uchun foydali boʻladi.
Amerikalik tadbirkorlarga xos boʻlgan umumiy jihatlar quyidagilardan iborat:
1. Oʻta dabdabali kiyinmaydi
Kompaniyaning zamonaviy rahbarlari ishbilarmon kishi imidji haqida gʻamxoʻrlik qiladi.Kiyinish uslubi qimmatbaho soat va kostyumlardan xoli.
2. Suhbatdoshi bilan muloyim
Uchrashuvda amerikalik biznesmenlar sezgir va muloyim. Koʻpincha bu ularga muzokaralar davomida suhbatdoshini rad etish yoki fikrini yuziga aytish imkonini bermaydi. Haqqoniy javob (brutally honest feed back) – ishonchning eng yuqori shakli boʻlib, unga erishish oson emas. Inkorni amerikaliklar nice yoki sounds good kabi soʻzlar bilan berkitishni afzal bilishadi. Ular bilan ilk marta muloqot qilayotganlar toʻgʻri tushunmaydi. Biroq aslida bu “Kechirasiz doʻstim, biroq bu quruq safsata” degan maʼnoni anglatadi.
Foto: Pixabay
3. Kunini aql bilan rejalashtiradi
AQSHdagi tadbirkorlar ish va shaxsiy hayotni birgalikda olib borishni bilishadi. Koʻpincha ular oʻz vaqtini sinchkovlik bilan rejalashtiradi. Amerikalik odam vaqtli uygʻonadi, ish kuni u uygʻongan vaqtdan boshlanadi. Ertalab soat sakkizdan nonushta ustida boʻladigan ishbilarmonlikka oid uchrashuvlar Business lunch meeting – odatiy hol.
Umuman olganda amerikalikning ishga munosabatini birgina gapbilan tasvirlash mumkin: “Businessis a betterlife” (Biznes bu – yaxshiroq hayot).Bu yerda ish hayotiy siklga tabiiy ravishda bogʻlanadi. Albatta AQSHlik tadbirkorlar uchun ham holidays tushunchasi mavjud. Ammo u hatto taʼtilida ham oʻz ishining rivoji uchun foydali mashgʻulot bilan shugʻullanadi. Ish va odatiy to do list (ishlar roʻyxati) amerikalik uchun yagona narsa deyish mumkin.
4. Vaziyatlarga bogʻliq boʻlmaslikka harakat qiladi
Amerikalik tadbirkorlar hech narsaga bogʻliq boʻlmaslikka harakat qilishadi. Bu xoh begona biznes, xoh samarasiz yechimlar yoki mos kelmaydigan texnologiyalar boʻlsin. Mashhur Tesla bunga yaxshi misol. Oʻzining Model 3 ni ishlab chiqarishda kompaniya qurilmani yetkazib beruvchi sabab muammolarga duch keldi. Ularni hal qilish uchun Tesla avtoni yigʻuvchi robotlar ishlab chiqaruvchisini sotib oldi. Startaplar uchun bunday qarorlar qiyinlik qiladi, biroq ular jarayonni nazoratga olib, non-addiction – mustaqillikka erishishga harakat qilishadi.
Foto: Pixabay
5. Mehnatning tushunarli taqsimotini xush koʻradi
Ixtisoslashish – mitti korxonalar ham, Apple, Uber, Google yoki Zappos kabi korporatsiyalar ham hozirda qayta yotgan narsa. Har bir xodimning vazifasi aniq belgilangan va oʻz vaqtida bajariladi.
Hisobchi suv ballonini oʻrnatish uchun ofis-menejer ortidan yugurib yurmaydi. Kichik ishlar uchun ham masʼul shaxs belgilanadi.
6. Kompaniya va uning har bir ishtirokchisi oldiga aniq maqsadlar qoʻyadi
Har bir xodim jamoa qanday global maqsadga erishishi kerakligini aniq biladi va muayyan muddatga oʻzi uchun maqsadni shakllantiradi (misol uchun, ikki hafta va bir oylik). Exact goal setting, yaʼni maqsadni aniq sozlash xodimlarga rahbarni kutib oʻtirmay, mustaqil harakat qilish imkonini beradi. Bu ishga ham oʻzgacha maʼno beradi: nima uchun harakat qilayotganini bilsa, yuz foiz kirishish oson boʻladi.
Xodimlar bajarayotgan vazifalar ularni maqsadga maksimal darajada tez va minimal xarajatlar bilan borishlari sari yetaklaydi. Maqsadlar zanjiri – hier archyo fobjectives bunda xodimlarga qoʻl keladi. Muhim vazifalar haqida aloqaning umumiy korporativ kanallari (inglizchada unity of action – harakatlar birligi) orqali esga solinadi. Barcha odamlarning ishi shaffof boʻlsa, jarayonda yoʻnalish olish osonroq kechadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?