QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Maqsadga yetish, mavqeni oshirish yoʻlida oʻzingizni u darajada zoʻriqtirmang. Baribir xudoning aytgani boʻladi. Imkoniyatlaringiz hadya etganidan ortigʻini ololmaysiz. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda illyuziyaga asir boʻlmang. Hayotga obyektiv nazar bilan boqing. Shunda koʻzlangan daromadga ega boʻlasiz. Bugun oshqozon-ichak yoʻllarini profilaktikadan oʻtkazish yoqimli va muvaffaqiyatli kechadi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
20 sentyabr kuni ertalabdanoq hamkasblardan barcha jabhalarda oʻzib ketish niyatida oldinga intilasiz. Adashmaysiz. Negaki, ishxonangizda faqat sizning mavqeingiz oshishi kutilmoqda. Yana moʻmaygina mukofotga ham ega chiqishingiz mumkin. Tadbirkorlik, biznes sohasida faoliyat yurituvchilardan kimdir yuqori darajalarga erishish arafasida turibdi. Faqat asabni asragan holda harakatlar sodir etishingiz kerak.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar sizga ishxonangizda bir dunyo quvonchli voqealarni vaʼda qilishmoqda. Tadbirkor boʻlsangiz, bugun keyingi vaqtlarda yigʻilib qolgan daromadlardan shaharning oldi avtomobilini xarid qilishingiz mumkin. Muhabbatda yurakka erk bermang. U boʻron turishini istaydi. Lekin bu boʻronga yon bersangiz, boringizdan ayiradi. Vujudingizni vayron qilib ketadi. Juftingiz yo boʻlgʻusi juftingizga aslo xiyonat qilmang. Shunda munosabatlaringiz yanada mustahkamlana boradi. Kechqurun yaqin doʻstlardan biri yoqimli xabar yetkazishi kutiladi.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
20 sentyabrda kirishimliroq boʻlishingiz tavsiya etiladi. Ishda ham, oilada ham shinavandalikka alohida eʼtibor bersangiz, faqat baraka topasiz. Moddiy ahvolingiz hech kimnikidan kam emas. Lekin qalban yanada koʻproq pul topish haqida oʻylay boshlaysiz. U holda internetga kirib qoʻshimcha daromad keltiruvchi ish toping. Shunda niyatlaringiz vojib boʻlishi mumkin.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Birinchi navbatda shaxsiy hayotingiz haqida qaygʻuring. Juftingizni boʻlar-boʻlmasga rashk qilavermang. Suyukli insoningiz sizga sodiq va shunday boʻlib qoladi. Ishxonangizda yetakchilik uchun kurash boshlanishi kutiladi. Shu kurashda hamkasblardan biri bilan janjallashib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga joʻnab ketishingiz kutilmoqda. Ishoning, bu safar sizga har taraflama muvaffaqiyat keltiradi. Kechqurun kamroq ovqat yeyishingiz talab etiladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
20 sentyabr kuni oilaviy muammolar sizni charchatishi mumkin. Eh, ular tugarmidi. Tugamasin ham. Sababi, muammo bormi, demak, siz yashashda davom etmoqdasiz. Bu, axir, goʻzal-ku! Agar keskin vaziyatlarda qanday yoʻl tutish rejasini tuzib olgan boʻlsangiz, yangi boshlaydigan ishlaringiz muvaffaqiyatli yakun topadi. Ehtiyot boʻling, kimdandir gripp yuqtirib olishingiz xavfi sezilyapti.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kunning birinchi yarmida mulk masalasida muammolar koʻndalang boʻlishi kutiladi. Moddiy ahvolingiz sezilarli darajada minusga qarab keta boshlashi mumkin. Zudlik bilan tejamkorlik haqida oʻylab koʻrmasangiz boʻlmaydi. Oila qurishga ulgurmaganlar kechki payt romantika ogʻushida boʻlishlari mumkin. Xohlamasangiz, yaqin insoningiz bilan kino yoki teatrga tushing. Yoki sevimli kitoblaringizdan birini mutolaa qiling. Salomatligingiz bugun pand bermaydi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
20 sentyabr kuni janjal, kelishmovchilik haqida oʻylab ham koʻrmang. Bunaqangi vaziyatlar sizning zararingizga ishlashi mumkin. Badavlat, yuqori lavozimli shaxslar bilan muloqotda juda ehtiyot boʻling. Arzimas xato ham sizni koʻp narsalar, ayniqsa, mavqedan ayirib qoʻyishi mumkin. Tadbirkor va tijorat kishilarining bugungi oldi-sotdisi va kelishuvlar muvaffaqiyatli kechadi. Oʻzingiz yashab turgan maskandan uzoq oʻlkalarga safarni boshqa safarga qoldira turganingiz maʼqul.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kimdir bugun doʻstlardan biri yordamida topilgan ishga yoʻl oladi. Isteʼdodingizga sira shubha qilmang. Siz oʻzingizni yangi jamoa oldida yaxshi tomondan koʻrsata olasiz. Shaxsiy hayotda tuzilgan har bir rejangiz xamirdan qil sugʻurgandek amalga oshadi. Kunning ikkinchi yarmida yoshi oʻtgan va xasta qondoshlar holidan xabar oling. Kechqurun ayrimlar olis safarga otlanishi mumkin. Oʻzingizni ehtiyot qiling.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
20 sentyabrda favqulodda oʻylab topgan loyihalaringiz moʻmay daromad hadya etishi mumkin. Bundan oʻzingiz ham hayratga tushishingiz aniq. Ish joyingizda tarafkashlar juda kam. Ammo bu koʻzlangan ezgu maqsadlarga yetishingizda toʻsiq boʻla olmaydi. Shaxsiy hayotingizda muhim hodisa yuz berishi mumkin. Aniqrogʻi, kechqurun xonadoningizda yangi mehmon dunyoga kelishi kutilmoqda. Umri bilan bergan boʻlsin.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar bugun sizga mushkulotlarsiz shirin hayot vaʼda qila olishmaydi. Lekin oz boʻlsa-da, daromad keladi. Faqat tejamkor boʻlishni unutmang. Oilasizlarni muhabbatda omad aylanib oʻtishi mumkin. Biroq oʻzingiz ham unga orzumanda emassiz. Xayollaringiz boshqa muammolar bilan band. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Keragidan koʻp ovqatlanish organizm uchun zararli ekanini unutmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
20 sentyabr kuni oila qurmaganlarning ayrimlari birovni chin koʻngildan sevib qolishlari kutilmoqda. Ammo tanlaganingizni haddan ziyod idealga aylantirib qoʻyishga ham shoshilmang. Moliyaviy muvaffaqiyatsizliklarni aylanib oʻting. Biroq qonunni ham buzmang. Shunda daromad ham boʻladi, koʻngil xotirjamligi yoʻqolmaydi. Kechqurun uyquga yotishdan oldin piyoda sayr qiling. Bu salomatligingiz uchun juda foydali.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi