QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugungi kunni sukut saqlash bilan boshlashingizni maslahat berishadi. Albatta, oilada emas, ish joyingizda. Shunda bor eʼtiborni ishga qaratasiz. Bajargan ishingizda unum boʻladi. Bu esa moʻmay daromad olishingizga kafil boʻla oladi. Basharti moliyaviy masalada omadingiz kelsa, bu haqda hech kimga ogʻiz ochmaganingiz maʼqul. Kechqurun bel qismingizni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni bajaring.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
30 sentyabr kuni birinchi navbatda moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Bemalol oʻzingiz oldindan moʻljallagan xaridlarni amalga oshirsangiz boʻladi. Qiz-juvonlar shu bahonada goʻzallik saloniga chiqib kelsalar, erkaklar sport bilan shugʻullanib qaytsalar ham ortiqchalik qilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida sizni muhim uchrashuv kutib qoladi. Shubhasiz, bu ishingiz bilan bogʻliq uchrashuv hisoblanadi. Shuning uchun bu jarayonni zinhor unutib qoʻymang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ishni azaliy hurmatingiz, obroʻyingizni saqlab qolishga urinishdan boshlang. Ayniqsa, ish joyingizda siz haqingizda boʻlar-boʻlmas gaplarni gapirib yurganlar qarshisida diplomatlarga xos koʻrinish va xarakterga ega boʻlishga harakat qiling. Shunday qilingki, mish-mishchilar tilini tishlasin. Bugun sogʻlom turmush tarzini yaratishga qaratilgan har qanday harakat xayrli va muvaffaqiyatli kechadi.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
30 sentyabrda doʻstlarga, yaqin tanish-bilishlarga yanada eʼtiborliroq boʻlishingiz tavsiya etiladi. Ulardan kimdir yordam soʻrasa, bajonidil qabul qiling. Moliyaviy masalada aytarli omadga erishmaysiz. Lekin oʻtgan kunlardagi muvaffaqiyatlar saqlanib qolishiga shubha yoʻq. Kechqurun yoqimli xabar eshitishingiz ehtimoli bor. Salomatlikni saqlang, asablarni ehtiyot qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugungi hayotingiz ham oson kechmasligi mumkin. Ammo pashshadan fil yasashga sira hojat yoʻq. Xudo ogʻirlik bersa, uning intihosini ham yoqimli darajada yaratib berishga qodir. Ishda oʻz isteʼdodingizga suyangan holda harakatlar sodir etsangiz, muvaffaqiyat siz tomonda boʻlishi tayin. Kuz turli xavfli viruslar yuqtirishga moyil fasl. Shuning uchun vitaminlar isteʼmol qilish va grippga uchraganlar bilan suhbatlashmasligingiz tavsiya etiladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
30 sentyabr kuni erkakmisiz, ayolmisiz, baribir tashqi koʻrinishingizga eʼtibor qarating. Kiyimlaringizga razm soling. Koʻchadagilar bilan oʻzingizni taqqoslang. Pul masalasida muammo yoʻq. Shunday ekan, mavsumiy kiyimlar xarid qilish haqida qaygʻuring. Bundan tashqari, yaqinlaringiz uchun yoqimli sovgʻalar sotib oling. Ayrimlarni oshqozon bezovta qilayotgan boʻlishi mumkin. Zudlik bilan parhez boshlamasangiz boʻlmaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ertalabdan kayfiyatingiz aʼlo darajada boʻlishi kutiladi. Lekin har bir katta-kichik jarayonni, voqea-hodisani, xabarni yurakka yaqin olishni bas qiling. Bu salomatligingizga jiddiy zarar yetkazadi. Kunning ikkinchi yarmida baʼzilar ish yuzasidan boshqa shaharga safar qilishi mumkin. Moliyaviy muammolarni oʻylamasangiz ham boʻladi. Bu sohada omadingiz chopadi. Shuning uchun uydagilarga atab sovgʻalar sotib olishni unutmang.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
30 sentyabrda miyangizni ishingiz bilan bogʻliq ajoyib gʻoyalar chulgʻab olishi mumkin. Bu haqda yaqin doʻstlarga gapirishga oshiqa boshlaysiz. Oshiqqaningiz yaxshi, ammo doʻstlardan biri sizga yaqin koʻmakdosh boʻlishiga ishonchingiz komilmi? Shu haqda oʻylab oling. Agar ishonchingiz komil boʻlmasa, hech kimga churq etmagan holda oʻz kuch va imkoniyatlaringizga suyanganingiz maʼqul. Har bir ishga ijodiy yondashish muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Kechqurun baʼzi doʻstlarimiz favqulodda safarga otlanishi mumkin.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Oila qurishga ulgurmaganlar bugun boʻlgʻusi jufti bilan qisqa muddatli sayohatga otlanishi kutilmoqda. Bu sayohat bir umr yodingizda qoladi. Ajoyib taassurotlar bilan ortga qaytishingiz aniq. Moliya masalasida kechki payt muhim bir qarorni qabul qilishingizga toʻgʻri keladi. Bu narsa kelgusida yanada yaxshiroq daromad koʻrishingizni taʼminlashi mumkin. Shu sababli qaror chiqarishda aslo xatoga yoʻl qoʻymang. Kechqurun suv yordamida tanani chiniqtirishga qaratilgan muolajalarni boshlasangiz ham foydadan xoli boʻlmaydi.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
30 sentyabr kuni ishingiz boshingizdan oshib-toshadi. Katta-kichik ishlarni bajarish bilan band boʻlasiz. Baʼzi ishlarda tavakkalchilik talab etilishi mumkin. Muhabbatda firibga duch kelishdan nihoyatda ehtiyot boʻling. Agar oila qurmagan boʻlsangiz, duch kelgan odamga ishonib ketish, koʻngil qoʻyishga shoshilmang. Oqibatda chuv tushib qolishdan saqlaning. Kechqurun salomatligingiz haqida qaygʻuring. Oshqozon, jigar va bosh ogʻrigʻi kabilarga duch kelishning oldini oling.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Yulduzlar bugungi kuningiz faqat yoqimli lahzalardangina iborat boʻlishini bashorat qilgan. Albatta, kun boʻyi koʻngilsiz vaziyatlarga ham duch kelishingiz mumkin. U holda faqat oʻzingiz yoʻl qoʻygan xatolar tufayligina shunday vaziyatlarda qolasiz. Obroʻli, badavlat tanishlardan biri kunning ikkinchi yarmida sizga moddiy jihatdan yordam qoʻlini choʻzishi kutiladi. Ayrimlar ish yuzasidan boshqa shaharga joʻnab ketishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanish qoidalarini buzmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
30 sentyabrda kayfiyatingiz oʻzingiz xohlagandek aʼlo darajada boʻlmaydi. Uyqudan tushkun kayfiyatda uygʻonasiz. Bu ham yetmagandek, koʻchaga chiqib ulgurmasingizdan doʻstlaringizdan biri oʻz muammosi bilan bezovta qilishi mumkin. Baribir hayotga optimist nazari bilan boqavering. Hayot ham xuddi serqatnov yoʻlga oʻxshaydi. Baʼzan notekisliklar koʻndalang turadi. Bunga chidash va bardosh qilish kerak. Kechqurun oila qurmaganlar romantik uchrashuvga otlanishadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi