QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar bugun jiddiy koʻngilsizlikka tushib qolishingizni bashorat qilgan. Ammo bu koʻngilsizlikning pulga ham, shaxsiy hayotingizga ham umuman aloqasi yoʻq. Ayrimlar turmush oʻrtogʻi yoki boʻlgʻusi jufti bilan munosabatlarga nuqta qoʻyish niyatida yashayotgan boʻlsa, iloj qancha, taqdir-da. Bugun shu yoqimsiz lahzalarni boshdan kechirishga majbur boʻlasiz. Bugun togʻ yon-bagʻrida, tabiat qoʻynida dam olish juda yoqimli, xayrli kechadi. Kechqurun yaqin doʻstingizni uchratib, shirin suhbatlar qurasiz.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
7 oktyabr buzoq burji ostida tugʻilganlarning deyarli barchasiga yoqimli taassurotlar qoldiradi. Omadga, muvaffaiyatlarga egalik qilish uchun koʻp oʻqishingiz zarur boʻladi. Ishingiz yuzasidan malaka oshirish harakatiga tushmasangiz boʻlmaydi. Oilasiz boʻlsangiz, bugun yashab turgan uyingizdan ancha narida romantik lahzalardan bahramand boʻlishingiz mumkin. Kechqurun xizmat safariga joʻnashingiz mumkin. Bu shaxsiy hayotingiz oʻzgarib ketishida muhim rol oʻynaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar egizaklar burji ostida tugʻilganlar uchun bugungi kun juda mushkul kechishini bashorat qilgan. Kun davomida qaysarlik qilishga, hadeganda ichdagi alamlarni oshkor etishga urinmang. Pul masalasini chetga surib turishingizga toʻgʻri keladi. Zahira pullaringiz bilan qanoatlanib turasiz-da endi. Xudo xohlasa, boshqa kuni albatta katta pul egasiga aylanasiz. Bugun ruhan shu qadar koʻtarinki boʻlasizki, har qanday xastalikni bir zarba bilan yoʻqqa chiqara olasiz.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
7 oktyabr kuni oilasizlar oʻz idealidagi insonni uchratishadi. Muhabbat shu qadar katta tezlikda koʻngillaringizga kirib boradiki, bunaqasini hali koʻrmagansiz. Oilalilar shaxsiy hayotda yetakchi edilar, shundayligicha qoladi. Atrofdagilar bilan munosabatlarda biroz muammolar boʻlishi tayin. Ammo taqdirga tan berishdan boshqa ilojingiz yoʻq. Kechqurun sport bilan shugʻullanish, fitnesga qatnay boshlashingiz tavsiya etiladi. Toza havoda ham albatta sayr qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun kunning birinchi yarmida koʻplab tanishuvlarni boshdan kechirishingiz, professional kasbingiz bilan bogʻliq ishda yangi-yangi loyihalarni oʻylab topishingiz kutiladi. Asosiysi, tanaffuslarga tayyor tursangiz va tezlikni kamaytirmasangiz bas. Muhabbatda oilasizlarga oʻz idealidagi insonni qidirib topish uchun tafakkur ish berishi mumkin. Lekin ideal ekan deb haddan ziyod taltaytirib yubormang. Keyinchalik boshingizga chiqib olishi hech gap emas. Kechqurun oilangizda yoqimli bir voqea sodir boʻladi. Tayyor turing.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
7 oktyabr kuni tadbirkorlarni hamkorlar navbatdan tashqari tarzda qoʻllab-quvvatlay boshlashadi. Buni koʻrgan raqobatchilar esa ura solib qochishi tayin. Moliyaviy muammolaringiz xamirdan qil sugʻurgandek oson bitishi kayfiyatingizni osmonlarga koʻtaradi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muvaffaqiyatlar bilan parallel koʻrinishda sizga rahbarlar mukofot puli ham hadya etishi mumkin. Shuning uchun sira ikkilanmasdan yirik xaridlarga ham qoʻl uraversangiz boʻladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar bugun tarozi burjida tugʻilganlar romantika va yaqin insonining qaynoq mehridan bahramand boʻlishlarini bashorat qilgan. Shu qadar oʻzingizni baxtiyor his eta boshlaysizki, vaqtinchaga boʻlsa-da, qolgan muammolarni unutasiz. Boʻlgʻusi juftingiz bilan togʻ yon-bagʻirlari yoki pulingiz koʻproq boʻlsa, nufuzli kafelarda tushlik qilishingiz ham mumkin. Kunning ikkinchi yarmida ham moddiy ahvolingiz yanada yaxshilanishiga shaxsan guvoh boʻlishingiz kutilmoqda. Kechqurun organizmni jismoniy zoʻriqtirishdan saqlaning.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
7 oktyabrda avvalo moddiy ahvolingiz yaxshilanishiga guvohlik qilasiz. Mana, endi qancha yirik xaridlarni ham qoʻrqmasdan amalga oshiraversangiz boʻladi. Oilada yaqinlaringizdan biri bilan arzimas sabab tufayli bahslashib qolishingiz ehtimoli bor. Kechqurun sizni yaqin doʻstlardan biri mehmonga taklif etishi kutiladi. Salomatligingizni ehtiyot qiling. Duch kelgan taomni isteʼmol qilib ketish sizning majburiyatingiz emas.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ish joyingizda tashabbuskor boʻling. Aks holda koʻra olmaydigan baʼzi hamkasblar oyogʻingizdan chalishga oʻtishi hech gap emas. Siz bu tashkilotda birinchi xodim sifatida baribir nom qozonishingiz kerak. Muhabbatda qalbingizga emas, tafakkurga quloq tutgan holda ish tuting. Yoʻqsa, kechirilmas xatoga yoʻl qoʻyishingiz turgan gap. Kechqurun oʻzingizga moʻmay daromad hadya etadigan xizmat safariga otlanishingiz mumkin.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
7 oktyabr kuni ishxonada vaziyatni yoki muhitni oʻzgartirish harakatlaridan voz keching. Suv oʻz maromida oqavergani maʼqul. Rahbarlar shundoq ham sizdan mamnun. Yaqin vaqtlarda lavozimingiz yuqorilashi ham ehtimolga yaqin boʻlib turibdi. Xizmat safariga sizning oʻrningizga boshqa bir xodimni yuborishlari mumkin. Biroq bu faqat yaxshilikka. Kechqurun oilasiz doʻstlarimiz albatta romantik uchrashuvga otlanishadi.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Jamiyatda oʻz pozitsiyangizni yanada mustahkamlab olish harakatida boʻling. Yangi ishga oʻtib ketish niyatingiz boʻlsa, shoshilmaganingiz maʼqul. Oldin qonuniy mehnat taʼtiliga chiqishingiz kerak. Kun mobaynida yaqin doʻst deb yurganlaringizdan biri sizni ochiqchasiga chuv tushirishga harakat qilishi ehtimolga yaqin. Kunning ikkinchi yarmida bosh, jigar va qorin qismingizni vrach koʻrigidan oʻtkazib olishingiz tavsiya qilinadi. Bu yaqin kelajakda sizga ortiqcha muammolar tugʻdirishi mumkin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
7 oktyabrda sizning tashabbusingiz bilan ishxonadagi baʼzi jiddiy muammolar ijobiy hal boʻlishi mumkin. Muhabbatda mehr-oqibat dengiziga tushing-u, faqat oldinga suza boshlang. Astoydil, jon-jahdingiz bilan suzing. Qarabsizki, boʻlgʻusi juftingiz yon beradi, sizga boʻlgan munosabatlari haqiqatan qaynoq ekaniga amin boʻladi. Kechqurun salomatlikni mustahkamlash payida boʻling. Basseyn yoki hovuzda choʻmilish ham umumiy ahvolingizni yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi