Yuzdagi xolni olib tashlash mumkinmi?

Yuzdagi xolni olib tashlash mumkinmi?
Savol: Vrach burnimdagi xolni oldirishni maslahat bermayapti. Uning aytishicha, keloid chandiq hosil bo‘lishi mumkin ekan. Shu to‘g‘rimi?

Javob: — Bu asorat xolni noto‘g‘ri olib tashlashda yoki organizmning keloid chandiqlar paydo bo‘lishiga moyilligi yuqori bo‘lganida paydo bo‘ladi. Bunday chandiqni davolash uzoq va murakkab jarayon. Ammo baribir uni davolash mumkin, masalan, lazer yordamida. Agar oldirib tashlashga qaror qilsangiz, onkodermatolog hamda onkolog jarroh bilan maslahatlashing.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar