15:55 / 22.10.2018
5 655

Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotmaslik yo‘li aytildi

Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotmaslik yo‘li aytildi
Uestmid tibbiy tadqiqotlar instituti olimlarining ko‘rsatishicha, nitratlarga boy sabzavotlar, masalan, lavlagi va salat yashil barglarini iste’mol qilish sariq dog‘ (ko‘z to‘rpardasining ko‘rish nervi oldidagi eng sezgir joyi) degeneratsiyasi erta bosqichi rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpress'dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.

Foto: CC0 Public Domain
Sariq dog‘ degeneratsiyasi (makulodistrofiya) - yoshga bog‘liq bo‘lgan kasallik bo‘lib, bunda ko‘rish qobiliyati yomonlashadi. U 55 yoshdan oshganlarda ko‘zi zaiflik yuz berishi bilan bog‘liq holatlarning taxminan yarmiga sabab sanaladi. Shu bilan birga, ko‘z pardasi hujayralarini oziqlantiradigan tomirlarning o‘lishi yuz beradi.

15 yil davom etgan uzoq muddatli tadqiqotda 49 yoshdan oshgan ikki mingdan ziyod kishi ishtirok etdi. Ma’lum bo‘lishicha, kuniga 100-142 milligramm sabzavot nitrati iste’mol qilganlarda makulodistrofiya paydo bo‘lish xavfi ikki barobarga kamroq iste’mol qilganlarga qaraganda 35 foizga kam bo‘lgan. Ushbu miqdordan oshish hech qanday qo‘shimcha foyda bermagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotmaslik yo‘li aytildi