— «Men, — deydi yaroslavllik Inna Ignateva. — hozirgi aytmoqchi bo‘lganlarimni isbot qilib bera olmayman. Lekin ular haqida gapirmay ham tura olmayman…»
ESKI UY
Onasi ikkovlari tuman markaziga ko‘chib o‘tishganda Inna o‘n to‘rt yoshda edi. Ular revolyutsiya davridan qolgan bir uyning bitta xonasini ijaraga olishdi. Uy egasi Igor Starsev Inna qatnay boshlagan yangi maktabda rasmdan dars berardi. U qizga hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan tarixiy rasmlarni ko‘rsatdi, shu kasbni o‘rgatishga va’da berdi. Bulardan, albatta Inna xursand edi. Ammo qo‘shni bolalarning aytishlariga qaraganda, ular yashay boshlagan eski uyda arvohlar daydib yurisharmish. Kimdir uy egalari qarg‘ishga qolganini ham shipshitib o‘tishdi…
Bir kuni Starsev Innani choyga taklif qildi. Yonida Sergey ismli keksaroq kishi ham bor edi. Ma’lum bo‘lishicha, u ham rasm chizishga, tarixiy asarlarga qiziqarkan…
Suhbat paytida negadir Starsev Sergey amakini graf deb atadi. Inna hayron bo‘ldi. Lekin ichidagini ularga sezdirmadi. Sezdiki, bu yerda bir gap bor. Uy egasi, Sergey amakining o‘zini tutishlari, g‘alatomuz suhbatlari qizni hushyor torttirdi…
Ertasiga kechqurun Inna to‘rt nafar birga o‘qiydigan bolalarni yoniga olib boqqa chiqdi. Ularning maqsadi arvohlar bormi-yo‘qmi, tekshirib ko‘rish edi.
Hammalari daraxtga chiqib astoydil joylashishdi. Bir mahal… Hovlida ko‘plab odamlar paydo bo‘ldi. Ha, bu yerda ayollar ham erkaklar ham ko‘pchilikni tashkil etardi. Hammalari uzun kiyimlarda. O‘rtada ranglari oqarib ketgan bir erkak yotar, chamasi og‘ir kasal edi.
Shu payt o‘rtaga Sergey amaki chiqib keldi. Qo‘lida yashil matoga o‘ralgan nimadir bor edi. O‘rtaga chiqib yotgan kimsaning tepasiga kelgach, matoni ochdi. Shu zahoti hammayoq yorishib ketgandek bo‘ldi. Hatto, bu yorug‘likni ko‘rib daraxtda o‘tirgan bolalardan biri pastga qulab tushdi. Uning ketidan boshqalari ham. Faqat Innagina qimirlamay o‘tiraverdi.
Yorug‘lik qanday tezlikda paydo bo‘lsa, shunday yo‘qoldi. Lekin… Inna sezdiki, U yerdagi odamlarning hammasi uni kuzata boshlashdi. Ha, ular orasida Starsev ham bor ekan. U Inna tomonga qaragancha nuqul bosh chayqab qo‘yardi. Qo‘rqib ketgan qiz jonholatda o‘zini pastga tashladi…
Ertasi kuni Inna maktabga bormadi. Sinfdoshlari uni ko‘rgani kelib aytishdiki, Starsev ishdan bo‘shab, Vetrov ikkovlari qayergadir ketib qolishganmish…
O‘sha kuni yana birgalashib tomga chiqishdi. U yerda Starsev unutib qoldirgan eski fotosuratlar yotardi. Ular orasida Vetrov hamda Starsevlarning ham suratlari bor edi. Faqat suratlar XX asrning boshlarida olingan. Ayniqsa, Vetrovning surati ostidagi «Graf K» degan yozuvni ko‘rgan bolalar hayratdan qotib qolishdi… Ajablanarlisi shundaki, ular allaqachonlar olamdan o‘tgan bo‘lishlari lozim. Xo‘sh, nega unda ikkovlari ham hamon tirik?..
TASODIFIY UChRAShUV
Eski uydagi voqealar tez orada hammaning esidan chiqdi. Lekin Inna ikkala suratni ham har ehtimolga qarshi asrab qo‘ydi. Chunki Starsevning jo‘nab qolishida o‘zini aybdor deb hisoblar, qachonlardir ko‘rib qolsam albatta kechirim so‘rayman deb ko‘ngliga tugib qo‘ygandi…
Shunday bo‘ldi ham. Ular Yaroslavlda uchrashib qolishdi. O‘shanda Inna ham qaysidir suratlar ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun borgandi. Qarasa, Sergey Vetrov turibdi. Hayajondan sal bo‘lmasa yiqilib tushayozdi. Vetrov unga bir konvert tutqazdi. Inna chetroqqa o‘tdi-da, konvertni ochdi. Unda sobiq muallimi Starsevning bitiklari mavjud edi.
— Biz, — deb yozgandi Starsev. — Har doim odamlar orasida turli ismlar bilan yashashimiz lozim. Ming yillar, o‘n ming yillar o‘tar, ammo biz sizlar bilan birgamiz. Biz abadiy do‘stlik tarafdorimiz. Iltimos, meni qidirib ovora bo‘lma. Chunki bu sen uchun katta xavf tug‘dirishi aniq. Men esa, sening azoblanishingni, qiynoqlar girdobida qolishingni istamayman. Faqat shuni bilginki, men aslida Starsev emasman. Bu shunchaki o‘ylab topilgan ism xolos. Men ming yillardan beri mavjudman. Aslida sobiq graflardanman. Alvido!..
Inna bu so‘zlarga ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay hanuz bosh qotiradi. Lekin shundoq yonida Starsev deyarli har kuni turishini yurakdan his etib turadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”