1. Har bir munosabatga atab munosib hadya tanlang.
Onangiz sovg‘ani qabul qilishlari orqali sizni baxtiyor etishlaridan minnatdor bo‘lib taqdim aylang. Misol uchun: bayram kunlarida, farzandlarning to‘ylarida, farzandlar muvaffaqiyatga erishganda, safardan qaytganda, qish-yoz mavsumlari kirganida, xastalikdan shifo topganda va boshqa shu kabi munosabatlarda.
2. Onaning bank hisobiga pul o‘tkazish.
Bunda farzandlar sheriklikda onaning ehtiyojlarini qondirish, zaruriy ashyolarini xarid qilish uchun o‘zi so‘ramasdan burun bankdagi hisobiga har oy muayyan mablag‘ o‘tkazadilar. Ona mansabdor shaxs bo‘lsa-da, bu ishni qilsa bo‘ladi. Chunki ona bunday mablag‘ga ehtiyoj tuymasa-da farzandlarining o‘ziga qilayotgan yaxshiligini ko‘rishdan sevinadi.
3. Farzandlar onaning hayot bosqichlarida turli yoshlarda turlicha bo‘lishini tushunib borishlari zarur. Turli yoshlarida o‘shanga munosib muomalada bo‘lishlari kerak.
4. Onangizga eshittirib so‘zlamoqchi bo‘lgan har bir gapingizni tanlab gapirishga haris bo‘ling. Onangiz unga ozor beradigan biror so‘zni ham eshitmasin. Biz onamizga oddiy so‘z bo‘lishiga qaramay uf deyishdan qaytarilganmiz. Endi unga ozor berish naqadar yomon.
5. Safarga chiqmasdan oldin xayrlashadigan eng oxirgi insoningiz, eng oxirgi ko‘zingiz ko‘radigan va yaxshi ko‘rishingizni aytishingiz kerak bo‘lgan inson onangiz bo‘lsin. U zot bilan yuzma-yuz o‘tiring, mehribonlik qiling, xursandchilik baxshida qiling, ularning huzurida ko‘proq o‘tiring. Chiqishingizning oxirgi damlarida ularning yonida bo‘lishingizdan hamda Allohning izni ila mustajob bo‘ladigan duolariga haris bo‘lshing. Agar boshqa yurtda bo‘lsangiz, telefon orqali shularni qiling.
6. Safardan qaytganingizda ham eng birinchi ko‘rishishingiz kerak bo‘lgan inson ular bo‘lsin. Kirib ularga salom bering, ular bilan birga o‘tirib, ko‘ngildan suhbat quring. Safardan eson-omon qaytganingizni aytib, ularni xotirjam qiling. Qachon kelishingiz haqida oldindan ma’lum qilib qo‘yingki, kutilmaganda kelishingizdan, tayyorgarlik ko‘rolmaganlaridan xijolat bo‘lmasinlar. Safardan qaytganingizda har qanday vaqt bo‘lsa ham, onangiz bilan uchrashuvni kechiktirmang. Onangiz sizni ko‘rishlari bilan ko‘zlari quvonib, xotirjam bo‘ladilar.
7. Safarda chog‘ingizda kunlik muloqotda bo‘lib turishga harakat qiling. Aloqa vositasidagi ozginagina muloqat ularni behad baxtiyor qiladi, ko‘ngillaridagi xavfni (farzand haqidagi hadiksirashni) ketkazadi va mahzunlikdan forig‘ qiladi.
8. Har kuni ko‘rib turishga harakat qiling. Agar bir o‘lkada yashasangiz, ularni ko‘rishdan, suhbatlarini olishdan dunyo ishlari sizni mashg‘ul qilib qo‘ymasin, zero, bu ularning eng kichik haqlaridan biridir. Bu ko‘rishish ularning sizga bo‘lgan muhabbatlari miqdoricha, o‘rinlarining yuksakligicha bo‘lishiga harakat qiling. Ba’zi kishilar shoshib kelib, shoshib ketib qoladilar. Ba’zi kishilar salom beradilar-u, ko‘zlari soatlarida bo‘ladi, bezovtalanib o‘tiradilar. Ularning haqlari farzandlarning yumushlaridan ko‘ra buyukroq.
9. Agar ona boshqa bir o‘lkada yashaydigan bo‘lsa, bu holatda farzand har kuni muloqotga chiqishi kerak bo‘ladi. Bunday bo‘lmasligiga biror sabab to‘sqinlik qilmasligi lozim.
10. Onaga bergan eng chiroyli narsalaringizdan biri ularga yaqin bo‘lish va sevgan insonlariga mehribonlik qilishimizdir. Albatta, ona uchun farzandlar insonlarning eng azizi hisoblanadilar. Shuning uchun ular (farzandlar)ga xush muomalada, lutfu ikromda va ishlarida ko‘makchi, hayotlarida yordamchi bo‘ling. Ona bergan tarbiyasining mevasini, yaxshi samara berganini ko‘rgandagina xursand bo‘ladi.
Davomi bor...
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”