18:13 / 20.11.2018
8 903

Bir piyola choy

Bir piyola choy
Jiddalik mudarris aytadi:
"O‘qituvchilar xonasida edim. Finjonga choy quyib endi ichmoqchi bo‘lganimda birdan qo‘ng‘iroq jarangladi. Madrasa mudiri qattiqqo‘l edi. Mudarrislar qo‘ng‘iroq jaranglashi bilan sinfda bo‘lishlarini talab qilar edi. Choy esa juda issiq edi. Ichishning iloji bo‘lmadi. O‘sha yerda Filippinlik bir farroshni ko‘rib qoldim. Unga tabassum qilib qo‘limdagi choy to‘la finjonni uzatdim.

Ertasi kuni farrosh kelib menga to‘satdan hayratda qolganini, unga birinchi marta mudarris tabassum ila choy uzatganini aytdi. U go‘yo bir xato ishning ustidan chiqib qolganday edi. Men unga biroz istihola bilan: "Men seni ikrom qilmoqchi bo‘ldim. Biz musulmonlarmiz. Bu bizning xulqimiz", dedim. U shunday dedi: " Ikki yildan beri shu yerda ishlayman. Hali biror kishi menga kulib qaramagan va choy bermagan edi. Men oliy ma’lumotliman. Qashshoqlik meni bu yerga kelib ishlashga majbur qildi".

Men unga ishonmay uni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Uni uyimga taklif qildim. Qizim yuqori sinfda o‘qir edi. U farroshga bir necha savollar berdi. Unga ingliz tilidagi qomusni ko‘rsatib bir nimalarni so‘radi. U javob berdi. U to‘g‘ri gapirgan ekan.

U meni har juma kuni ziyorat qilib turdi. Keyin Islomga kirganini e’lon qildi. U o‘zining yigirmaga yaqin o‘rtog‘ini Islomga da’vat qilib ularni musulmon bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Birgina "tabassum va bir piyola choy".

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: "Yaxshi ishdan biror bir narsani haqir sanama. Garchi u birodaringga ochiq yuz ila yo‘liqish bo‘lsa ham", deganlar.
Rog‘ad Somiy
Abdulqodir POLVONOV tarjimasi

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir piyola choy