23:18 / 16.12.2018
7 514

Olimlar: Keragidan ko‘p uxlash inson organizmiga zararli ta’sir etadi

Olimlar: Keragidan ko‘p uxlash inson organizmiga zararli ta’sir etadi
Yevropa olimlarining tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, odam bir kecha-kunduzda 8 soatdan ko‘p uxlasa, uni surunkali yurak-qon tomir xastaliklari xavfi ta’qib eta boshlarkan. Olimlar bu jarayonni sakkiz yil davomida nazoratdan o‘tkazishdi. Shu muddat orasida jami 116632 nafar 35-70 yosh atrofidagi 21 ta mamlakat fuqarosi tadqiqotlarga jalb etildi. Shu vaqt oralig‘ida ishtirokchilarning 4365 nafari yurak xastaliklariga chalindi, 4381 kishi olamdan o‘tdi.

6-8 soat uxlaganlar xastalikka deyarli chalinishmadi, o‘lim topganlari ham boshqa sabablar bilan yorug‘ dunyoni tark etishdi.

Shunday qilib olimlar ilmiy jihatdan keragidan ko‘p uxlashning xavfini foizlarda hisoblab chiqishdi. Bunga ko‘ra, 8-9 soat uxlash xastalik xavfini 5 foiz, 9-10 soatlik uyqu 17 foiz, 10 soatdan ko‘p uyqu 41 foizga oshirishi ma’lum bo‘ldi. Olti soat va undan sal kamroq uxlash esa xastalik xavfini atigi 9 foizgagina oshirarkan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar: Keragidan ko‘p uxlash inson organizmiga zararli ta’sir etadi