100 yoshga yaqin toshbaqa tarix yaratdi: u ilk bor ona bo‘lib, 16 ta bolali bo‘ldi!

1 daqiqa o'qish273
100 yoshga yaqin toshbaqa tarix yaratdi: u ilk bor ona bo‘lib, 16 ta bolali bo‘ldi!

Deyarli bir asrlik hayoti davomida nasl qoldirmagan Galapagos toshbaqasi nihoyat ona bo‘ldi. "Mommi" nomli toshbaqa 16 ta bolani dunyoga keltirib, o‘z turidagi eng keksa ona individlardan biriga aylandi.

G‘arbiy Santa-Krus Galapagos toshbaqasi bo‘lgan Mommi 1932 yildan beri Filadelfiya hayvonot bog‘ida yashab keladi. Taxminan 100 yoshga yaqin bo‘lgan toshbaqa 90 yildan ortiq vaqt davomida nasl qoldirmagan.

Biroq 2020 yilda uning hayotida muhim o‘zgarish yuz berdi. Mommi yana bir qariyb 100 yoshli toshbaqa — Abrazzo bilan juftlashtirildi. Mutaxassislar Mommining tuxum qo‘yish jarayonini sinchiklab kuzatib, unga zarur sharoit yaratdi. Natijada u ilk unumdor tuxumlarini qo‘ydi.

2025 yil yoziga kelib, 16 ta toshbaqa bolasi muvaffaqiyatli ochib chiqdi.

Bu voqea nafaqat hayvonot bog‘i, balki butun turni saqlab qolish dasturlari uchun ham muhim ahamiyatga ega.

G‘arbiy Santa-Krus Galapagos toshbaqalari yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlardan biri hisoblanadi. Mommining avlodi esa ushbu nasl paydo bo‘lguniga qadar Hayvonot bog‘lari va akvariumlar assotsiatsiyasining ko‘paytirish dasturidagi populyatsiyada mavjud bo‘lmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?