Qozog‘istonlik sportchining Osiyo o‘yinlaridagi oltin medali poyabzal sabab bekor qilindi

1 daqiqa o'qish3.8K
Qozog‘istonlik sportchining Osiyo o‘yinlaridagi oltin medali poyabzal sabab bekor qilindi

Qozog‘istonlik yengil atletikachi Yasmina Toxanbayevaning Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlaridagi oltin medali poyabzal bilan bog‘liq protest sabab bekor qilindi. Sportchi 42,195 kilometr masofadagi sport yurishi bahsida birinchi bo‘lib marraga yetib kelgan edi.

Toxanbayeva 27 sentyabr kuni musobaqani 3 soat 22 daqiqa 20 soniyada yakunlab, oltin medalni qo‘lga kiritgandi. U Xitoy vakillari Dansensyuzun va Ma Lini ortda qoldirgan.

Biroq poyga yakunlanganidan so‘ng qozog‘istonlik sportchining natijasiga nisbatan protest berilgan. Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, e’tiroz Toxanbayeva foydalangan poyabzalning World Athletics tomonidan tasdiqlangan modellar ro‘yxatiga mos kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Shu sababli uning natijasi dastlab rasmiy medallar jadvaliga kiritilmagan.

Keyingi tekshiruvdan so‘ng Toxanbayevaning natijasi bekor qilindi. Natijada avval ikkinchi bo‘lgan Xitoy vakili Dansensyuzun oltin medal sohibi bo‘ldi, Ma Li kumush, yaponiyalik Yukiko Umeno esa bronza medalni oldi.

Sportchi qaror haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ham ma’lum qilgan. U oltin medalni mamlakatga olib kelishni juda xohlaganini, biroq natijasi bekor qilinganini yozgan. Toxanbayeva, shuningdek, uni qo‘llab-quvvatlagan jamoasi va muxlislariga minnatdorchilik bildirgan.

Reuters xabariga ko‘ra, Toxanbayeva qaror ustidan apellyatsiya bergan. Shu sababli sportchining ushbu musobaqadagi natijasi bo‘yicha keyingi jarayon ham kuzatilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?