Iymon va kufr masalasida hakamlik qilish Allohning ishidir. Lekin oddiy odamlar orasida bu vazifani o‘zicha “o‘zlashtirib” olganlarning ko‘pligidan va ularning soni tobora ko‘payib ketayotganidan tashvishlanaman.
“Sening iymoningda nuqsoning bor”, “iymoningda gumonim bor”, “munofiq”, “kufrning alomati sezilyapti”, “kufr gap aytding”, “unga rahmat tilab bo‘lmaydi” kabi iymon va kufr masalasida moderatorlik qilishni yaxshi ko‘radiganlar ko‘p.
Lekin bu masala juda xatarli ekanligini bilamizmi? Avvalgi olimlarimiz va imomlarimizning hayotini o‘rgansangiz, ko‘plari qozilik qilishdan, biror banda ustidan, iymon va kufr masalasi chetda tursin, hatto maishiy masalalarda ham hukm o‘qishdan qochishgani, qozi bo‘lmaslik uchun necha yillab zindonda yotishga rozi bo‘lishgani haqida eshitganmisiz?!
Nega? Chunki, sen birovga hukm o‘qiyotganingda, o‘zingga ham o‘qiyotgan bo‘lasan. Ayniqsa iymon va kufr masalasida.
Chunki, bir musulmon boshqa musulmonni kufrda ayblasa, yoki u, yoki o‘zi kofir bo‘lishi aniq. Shuning uchun, kufrga sabab bo‘ladigan ishlarni qilgan odamlar qozining oldiga keltirilganda, qozi darrov “murtad” degan hukm chiqarmagan. Unga tushuntirgan, ogohlantirgan, oqibatlari, jazolari haqida ma’lumot bergan, urdirgan, darra soldirgan, sog‘ yoki jinniligini tekshirtirgan, xushi joyidami, ataylab o‘lishni qasd qilmaganmi, aniqlashga harakat qilgan, zindonband qilgan, yana so‘roqqa tutgan. Yana tushuntirgan va hokazo.
Nega? Chunki, masala juda og‘ir. Bir bandaning jannat yo do‘zaxga kirish masalasi hal bo‘lyapti. Agar qozi uni “murtad” deb e’lon qilsa, uni o‘ldirtirish hukmini chiqarish zimmasiga tushadi. Bir musulmonni kofirga chiqarib, o‘ldirtirsa, kofirga chiqargani uchun va nohaq o‘ldirtirgani uchun qiyomatda, Allohning huzurida, Allohning O‘zidan jazo oladi...
Mana shunday oqibatlarni bilgan olimlar, qozi bo‘lishdan, hukm o‘qishdan qochishgan. Adashishdan qochishgan, savob qilaman deb, gunoh qilishdan qo‘rqishgan, taqvo qilishgan.
Bizchi? Hech kim buni bizdan so‘ramasa ham, talab qilmasa ham, vakolat bermagan bo‘lsa ham, har ikki gapimizning birida birovni la’natlashga, kofirga va murtadga chiqarishga, iymon masalasida odamlarni “sortirovka” qilishga odatlanganmiz.
O‘zimizcha moderatormiz-u, qo‘limizda so‘nggi model iymonometr bor.
Agar ular sen bilan tortishsalar: «Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir. Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa bo‘yicha orangizda hukm qiladir», deb ayt. (“Haj” surasi).
“Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz!" ("Moida" surasi)
Said Komil XOLXO‘JAYeV
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”