09:00 / 31.12.2018
4 585

Ko‘proq pul topish odamning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq ekan

Ko‘proq pul topish odamning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq ekan
Tadqiqotchilar ko‘proq pul topishga yordam beruvchi uchta shaxsiy xususiyatni aniqladilar. Ushbu xususiyatlar ekstrovertlik (odamlar bilan kirishimli va energiyasi ko‘p odam sifati), insoflilik va oson kelishmaslik (being disagreeable) ekanligi ma’lum qilindi.
Olimlar tadqiqotda "Terman Study of the Gifted" jurnalida to‘plangan ishlash qobiliyati yuqori bo‘lgan odamlar haqidagi ma’lumotlarga tayanishdi.

Kopengagen universiteti iqtisodchisi Miriam Genovski shaxsiy xususiyatlarning pul topish va muvaffaqiyatga erishishga ta’sirini o‘rganib chiqish maqsadida ushbu ma’lumotlarni tahlil qildi. Haqiqatan ham, o‘z ishiga bir xilda, puxta yondashishiga qaramay, turli odamlarning daromadlari bir-birinikidan sezilarli darajada farq qilgan. Bunday natija ularning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan.

Psixologik tadqiqotda IQ darajasi 130 dan yuqori bo‘lgan 18 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan mingga yaqin kaliforniyaliklar ishtirok etdi. Ularning aqliy salohiyati va qobiliyatlari deyarli teng bo‘lishiga qaramay, hamma ishtirokchilar ham ko‘p pul topmagan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, insofli va ekstrovert bo‘lgan odamlar o‘z ishida muvaffaqiyatga erishgan.

Shuningdek, oson kelishmaslik xarakteri, ya’ni konformist bo‘lishning teskarisi istalgan sohada lider bo‘lgan odamning o‘z xodimlarini qadrlashi bilan birga ularga tanqidiy munosabatda bo‘la olishini ham anglatadi.

Yuqoridagi uch xususiyatga ega bo‘lgan eng mashhur boy va muvaffaqiyatli odamlardan biri Stiv Jobs hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘proq pul topish odamning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq ekan