Ayolingiz uchun chiroyli kiyining, har doim toza va hushbo‘ylangan holda bo‘ling. Er ayolini har doim chiroyli ko‘rinishini xohlagani kabi ayol ham erini u uchun kiyinishini xohlaydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har doim uylariga qaytganlarida tishlarini misvak bilan tozalashdan boshlardilar va hushbo‘ylanishni yaxshi ko‘rardilar.
Ayolingizga uni erkalaydigan nomlar bilan murojaat qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayollari uchun, ular yaxshi ko‘radigan alohida nomlari bor edi. Ayolingizni u eng yaxshi ko‘radigan nomlar bilan chaqiring, uning qalbini og‘ritadigan nomlarni aytmang.
Ayolingizga pashshaga qilinadigan munosabatda bo‘lmang. Chivin bizni “chaqib olmagunicha” u haqda hech ham o‘ylamaymiz. Xuddi shunga o‘xshash, ayol ham kun bo‘yi tinmaydi, to u erini “chaqib oladigan” bir ish qilmagunicha er unga e’tibor bermaydi. Unga bunday munosabatda bo‘lmang; u qilgan har bir yaxshiliklarning farqiga boring va e’tibor qaratib turing;
Agar ayolingizning xatosini ko‘rsangiz jim turishga harakat qiling va uni xafa qilmang! Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning usullaridir: ayollari (roziyallohu anhunna) tomonidan biror-bir noma’qul narsani ko‘rsalar mana shu usulni qo‘llardilar. Bu juda ham ozchilik uddalay oladigan usuldir.
Har doim ayolingizni ko‘rganda tabassum qiling va uni quchog‘ingizga oling. Tabassum sadaqadir va ayolingiz bunga eng haqlidir. Ayolingiz sizni hamisha tabassumda ko‘radigan hayotni bir tasavvur qiling! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga chiqib ketayotganlarida ayollarini bir o‘pib qo‘yardilar, hatto ro‘za tutgan bo‘lsalar ham.
Ayolingizning siz uchun qilgan ishlariga tashakkur bildiring! Ayolingiz taom tayyorlaydi, uy tozalaydi va shunga o‘xshash o‘nlab boshqa ishlarni qiladi. Ba’zan uning barcha qilgan bu ishlari uchun oladigan rahmati: “Ovqatni tuzi kam bo‘lib qolibdi”, – degan so‘z bo‘ladi.
Ayolingizga nima rohat berayotganini o‘zingiz farqlab olishingiz qiyin. U bilan topishmoq o‘ynashga majbur emassiz, undan so‘rang va hayotingizda o‘sha ishlarni takrorlash uchun harakat qiling.
Uning xohishlarini kichik sanamang. Ayolingizni ta’minlab qo‘ying. Ba’zan erkaklar ayollarining talablariga past nazar bilan qaraydilar. Bu holatda ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga o‘rnakdirlar. Sofiyya roziyallohu anhoga sekin yuradigan tuya berib qo‘yilgani uchun yig‘layotganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ko‘z yoshlarini artdilar va unga boshqa tuya keltirib berdilar.
Xushchaqchaq bo‘ling va ayolingiz bilan o‘yinlar o‘ynang. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam cho‘lda Oisha roziyallohu anho bilan quvalashmachoq o‘ynaganlar.
Har doim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarini yodda saqlang: “Sizlarning eng yaxshilaringiz, ahliga yaxshi munosabatda bo‘lganlaringdir. Sizlarning ichinglarda ahliga eng yaxshi bo‘lgani menman».
Erlarning eng yaxshisi bo‘lishga harakat qiling!
Odil ISMATULLAYeV
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?