Foto: O‘zA
Amerikalik shifokorlar va diyetologlar 2019 yil uchun eng ma’qul bo‘lgan ovqatlanish ratsionlarini saraladi. Parhezlar reytingi U.S. News & World Report jurnalida chop etilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ekspertlar bir nechta paramertlar bo‘yicha 40 dan ziyod ovqatlanish ratsionlarini tahlil qilib, ular ichida eng ma’quli «O‘rtayer dengizi parhezi» degan xulosaga kelgan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu parhez tana vaznini kamaytirish bilan birga qon-tomir kasalliklari xavfining oldini oladi. Bundan tashqari, mazkur parhez juda oddiy va xavfsiz, sog‘lom ovqatlanish talablariga javob beradi.
«O‘rtayer dengizi parhezi» ko‘p miqdorda meva-sabzavotlar, dukkakli va urug‘li o‘simliklar, yong‘oq, yirik tortilgan undan tayyorlangan non, makaron mahsulotlarini iste’mol qilishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga lahm go‘sht iste’molini kamaytirish, baliq, dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarni ko‘proq tanovul etish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?