11:56 / 05.01.2019
15 204

"Qo‘y" muchalida tug‘ilganlar uchun 2019 yil qanday kechadi?

"Qo‘y" muchalida tug‘ilganlar uchun 2019 yil qanday kechadi?
QO‘Y: (1907, 1919, 1931, 1943, 1955, 1967, 1979, 1991, 2003, 2015)
UMUMIY TA’RIF
2019 yil qo‘y muchalida tavallud topgan tadbirkorlarga ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarni, daromadlarni va’da qilmoqda. Shaxsiy biznesini ochish harakatiga tushganlar ham bu muvaffaqiyatlardan mosuvo qolmaydi. Oddiy xodim bo‘lib ishlaydiganlarga rahbarlarga o‘zlarining yangi qirralarini namoyish etish tavsiya qilinadi.

Yil davomida moddiy to‘kinlik sizni tark etmaydi. Faqat pullaringizni kerakli joygagina sarflang.
Oilasizlarning shaxsiy hayotida tanaffuslar ko‘zga tashlanmaydi. Aniqrog‘i, aksariyat oilasizlar qarama-qarshi jins vakili yoki vakilalari bilan jiddiy munosabatga kirishmaydi. Oilalilar esa yangi yilni garmoniya va romantika qurshovida o‘tkazishadi.

SALOMATLIGI
To‘ng‘iz yilida salomatligingiz pand bermaydi. Faqat organizmingiz haqida qayg‘ura bilsangiz, uni jismoniy zo‘riqishlarga mahkum etaverishdan tiyilsangiz, ovqatlanish me’yor va rejimiga qat’iy amal qilsangizgina maqsadga yetasiz. Asab tizimini asrash orqali yuragingizni ham jiddiy xastalikka yo‘liqishdan saqlab qolishingiz mumkin.

Depressiya holatlari xavf sola boshlasa, shirinliklar va yana boshqa organizm uchun ziyon yetkazadigan mahsulotlar iste’moliga zo‘r bermang. Bu semirishga olib keladi. Semizlik esa qandli diabet chaqiradi. Yomon kayfiyatdan qutulishning birdan-bir yo‘li toza havoda uzoq vaqt sayr qilib yurish ekanini unutmang.

AYoLLAR
2019 yil qo‘y muchalida tug‘ilgan ayollarga ezgulikning barcha yo‘llarini ochib bermoqchi. Shuning uchun hayotingizni o‘zgartirish kerak bo‘lsa, darhol o‘zgartirish payida bo‘ling.

Oilali ayollar xonadonida yil bo‘yi garmoniya hukm suradi. Juftingiz bilan ahillikni mustahkamlash uchun sizdan uning qalbini tushunish, sadoqat va mehr talab qilinadi. Yolg‘iz ayollarni, qizlarni yil o‘rtalariga borib romantik tanishuvlar, uchrashuvlar kutib qoladi.
Moliya masalasida yutuqlar ham, yo‘qotishlar ham haddidan oshmaydi. Ularning o‘rtasida umr kechirasiz.

ERKAKLAR
To‘ng‘iz yili birinchi navbatda erkaklarimizga ish bilan bog‘liq imkoniyatlar eshiklarini ochib beradi. Bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan holda martabasi oshishi yo‘lida harakat boshlashlari lozim. Agar shu kunga qadar ishxonangizdagi rahbarlar sizning iste’dodingizni to‘g‘ri baholay olmagan bo‘lsa, 2019 yil birinchi choragida bu xatoliklarga barham beriladi. Tadbirkorlar bahorgacha yetmay, favqulodda raqobatchi kompaniyalar tarafidan foydali takliflarni qabul qilib oladi.

Moddiy ahvolingiz yaxshi bo‘ladi. Faqat banklardan kredit olishingiz tavsiya etilmaydi. Oila qurmaganlar yil mobaynida yangi tanishuvlarni boshdan kechirishlari kutilmoqda. Oilalilar jizzakilikni bas qilsalar, to‘liq garmoniya qurshovida hayot kechirishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Qo‘y" muchalida tug‘ilganlar uchun 2019 yil qanday kechadi?