Umumiy bashorat
2019 yilda “Hut”larni moliya va ish borasida misli ko‘rilmagan parvozlar kutmoqda. Kasbiy mahoratlari sezilarli darajada oshib, tez orada atrofdagilar e’tirofiga tushadilar. Shu sababli, “To‘ng‘iz yili” muvaffaqiyatlarga erishadigan va jamiyatdagi obro‘si oshadigan yil bo‘ladi.
Yozda ijodkor “Hut”lar o‘zlarini tadbirkorlikda sinab ko‘radilar va juda yaxshi natijaga erishadi. Agar tijorat yoki loyihani “yurgazish” uchun pulni ayamasangiz, tez orada daromadingiz ham ortadi.
Hali oila qurmaganlar “To‘ng‘iz yili”da o‘z muhabbatlarini uchratadilar. Ushbu inson yoqimli va ochiqko‘ngil bo‘lib chiqadi. Bunday inson bilan siz shaxsiy hayotda, albatta, baxtga erishasiz. Agar to‘y taraddudiga tushgan bo‘lsangiz, yaxshisi uni avgust oyining oxirlariga belgilang.
“Hut”lar ortda qolgan “It yili”da o‘zlarini juda qat’iyatli va qulay his qilishgan edi. To‘g‘ri, ba’zi hollarda o‘zlariga ishonmadilar, doimo nimanidir ko‘ngildagiday bajarmadim, degan xayollar og‘ushida yurdilar.Bu sizning tabiatingizga xos narsa. “To‘ng‘iz yili” kirib kelishi bilan vaziyat butunlay o‘zgaradi. Chunki “To‘ng‘iz yili” burj egalarini o‘z qaramog‘iga olishni va’da bermoqda. Natijada sizga qiyin ko‘ringan har qanday ishning uddasidan chiqib, o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz ortadi.
Yil avvalida zudlik bilan bajarilishi kerak bo‘lgan ishga kirishing. Shartnomalar imzolash va kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar rejasini tuzish kerak. Ishlar o‘z mevasini berib, daromad keltiradi.
Yulduzlar 2019 yilda ruhiy holatingizni yaxshilashni maslahat berishmoqda. Agar qalbingizda tinchlik va xotirjamlik hukm sursa, hayotingiz ham bir maromda o‘tadi. Yaqinlaringizga yanada mehribonroq va e’tiborliroq, atrofdagilarga esa xolisona munosabatda bo‘ling.Shuning uchun ehtiyotkorlik zarar qilmaydi. Katta mablag‘ ortidan quvishning hojati yo‘q. Ishlab topgan daromadingizdan mamnun bo‘lib, mehnat qilishda davom eting. Zero tinimsiz mehnat ortidan, o‘zingiz istagan narsani qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Moliyaviy ahvolingiz bir maromda bo‘ladi. Biroq ba’zi “Hut”lar kuz oyida juda ko‘p xarajat qilishlariga to‘g‘ri keladi.
Dekabr oyida fikr-xayolingizni bir joyga jamlab, maqsad sari yanada quchliroq harakat qiling. Yo‘lingizda hasadchilar va raqiblar ko‘p bo‘ladi. Yulduzlar bunday vaziyatlarda og‘ir-bosiqlik bilan ish ko‘rishni maslahat berishmoqda.
ShAXSIY HAYОT
“Hut”lar tabiatan samimiy va ko‘ngilchandirlar. Yulduzlar 2019 yilda qanday bo‘lsangiz ana shunday qolishni maslahat berishmoqda. O‘zingizni olib qochmay, ko‘nglingizga yoqqan insondan hissiyotlaringizni yashirmang. Agar turmush yo‘llarida sizga yo‘ldosh bo‘la oladigan insonni uchratsangiz, avgust oyiga kelib to‘yni ham rejalashtirsangiz bo‘ladi.
Hurmatli oilaviy “Hut”lar, xonadoningizdan quvonchli kulgular arimasin desangiz, qarindoshlar, jumladan, qaynona va qaynotangiz bilan munosabatlarni yaxshilashingiz lozim. Yulduzlar 2019 yilda oilaviy bayramlarni ko‘proq tashkillashtirishni tavsiya qilishmoqda. Oila a’zolaringizga kutilmagan sovg‘alar qilishni ham yodingizdan chiqarmang. Ana shunda barcha ko‘ngilsizliklar ortda qolib, uy-ro‘zg‘or ishlariga xotirjam kirishsangiz ham bo‘ladi. Xonadoningiz tozaligini saqlash o‘z yo‘liga, ko‘proq vaqtingizni shirin taomlar tayyorlab, uy egalarini xursand qilishga sarflaganingiz ma’qul. Farzandlar bilan munosabatda kelishib, ustomonlik bilan ish ko‘rish foydadan xoli emas. Yulduzlar agar farzand tarbiyasida ba’zi qiyinchiliklarga duch kelsangiz, shu mavzuga oid adabiyotlarni o‘qishni yoki psixologga murojaat qilishni maslahat berishmoqda. Yoshi katta yaqinlaringizdan maslahat olsangiz ham to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lasiz.
SALOMATLIK
“To‘ng‘iz yili”da virusli kasalliklar va shamollashdan ehtiyot bo‘ling. Agar o‘z vaqtida davolanmasangiz, jiddiy asoratlarga olib keladi. Ayniqsa, ayollar ushbu tavsiyamizga quloq tutishlari darkor. Yulduzlar harakatda bo‘lishni tavsiya etishmoqda. Sustkashlikni chetga surib, atrofdagilar bilan muloqot qiling va do‘stlaringiz bilan uchrashuvlar tashkil eting. 2019 yilda jiddiy kasalliklar sizni bezovta qilmaydi. Immun tizimingiz buzilishlarsiz ishlaydi, shuning uchun shamollash va gripp sizga yaqin kela olmaydi. Ammo kasal bo‘lishga ulgurganlar bilan aloqaga kirishishdan ehtiyot bo‘ling. “To‘ng‘iz yili” “Hut”larga kofe va achchiq choy ichishdan voz kechishni maslahat bermoqda.
Yaxshisi kompot qaynating, kisel tayyorlang, meva va sabzavotli sharbatlar iching. Ular gemoglobiningizni ko‘tarishga ham, quvvatga kirishingizga ham yordam beradi.
“Hut”larni “To‘ng‘iz yili”da ortiqcha vazn ham bezovta qilishi mumkin. Shuning uchun ertalablari ochiq havoda yuguring, sport bilan shug‘ullaning. Bularning barchasi tana vazningiz ortib ketishidan himoyalaydi, sizni chiniqtiradi.
KARERA
“Hut”lar tabiatan ikki xil bo‘ladilar. Birlari o‘ta mehnatsevar bo‘lsalar, boshqalari rahbarlik qilishni yaxshi ko‘radilar. “To‘ng‘iz yili”da har ikkala “Hut”lar ham muvaffaqiyatga erishishlari mumkin. Buning uchun bir joyda to‘xtab qolmang. Qulay va foydali kelishuvlarni amalga oshiring.
Tadbirkor uchun 2019 yilda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoni bor. Ushbu burj vakillari har bir jabhada iqtidorlidirlar, jumladan, tadbirkorlikda ham. Shu sababli, savdo-sotiq va ishlab chiqarish yo‘nalishi ularga, albatta, omad olib keladi. Agar daromadingiz ko‘payib ketsa, xayrli ishlarga sarflashga harakat qiling.Jamiyatdan berkinmay, ko‘pchilik tashrif buyuradigan tadbirlar ishtirokchisiga aylanganingiz yaxshi.
Ijodkorlarni o‘zgacha g‘oyalar qamrab oladi. San’at asarlaringizni boshqalar bilan bo‘lishishni unutmang. Ishoning, ular sizni qo‘ligul usta sifatida tan oladilar.
AYОL "HUT"LAR
2019 yilda yulduzlar “Hut”larga oilaviy xotirjamlikni va’da berishmoqda. “To‘ng‘iz yili”da o‘z iqtidoringizni yashirmay, atrofdagilarga ham namoyish qiling. Yilning birinchi yarmida shu tufayli katta yutuqlarni qo‘lga kiritasiz. Oilaviy hayotingizda tushunmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Ular asosan oila a’zolaringiz va qarindoshlar bilan bo‘lib o‘tadi. Ammo siz ularni bartaraf etishga erishasiz.
Avgust oyida ish faoliyatingizni nazorat qiling. Aks holda, hamkasblaringiz bilan ham mojarolar kelib chiqishi mumkin.
ERKAK "HUT"LAR
2019 yilda erkak “Hut”lar uchun juda omadli o‘tadi. Bo‘ydoqlar juft tanlash borasida uzoq o‘ylamang. To‘yga tayyorgarlik qilish vaqti keldi. 2019 yilda qaror qabul qilishga shoshilmang, boshqalarni tanqid ostiga olmang va ustidan kulmang. O‘z ustingizda ishlang va do‘stlaringizga va’da bermaslikka harakat qiling. Erkak “Hut”larni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirish juda oson. Ular birovning fikri bilan o‘rtoqlashib, qarorlarini tezda o‘zgartiradilar, hissiyotlarga ham erk beradilar. Shuning uchun do‘stlar, hamkorlarni yaqin qarindoshlar orasidan izlang. Nima bo‘lganda ham 2019 yilda yulduzlar erkak burj vakillariga moliyaviy barqarorlik, obro‘-e’tiborning o‘sishi va xususiy tadbirkorlikni bashorat qilishmoqda. Yuqori lavozimga tayinlanishingiz ham mumkin. Eng asosiysi dangasalikdan qoching va hamma narsaga umidvor boqing! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”