06:57 / 27.01.2019
7 068

Koʻzlarimizni asrashimiz uchun nimalar qilishimiz kerak?

Koʻzlarimizni asrashimiz uchun nimalar qilishimiz kerak?
Koʻrish qobiliyati, koʻzlar salomatligi va goʻzalligini asrash uchun nima qilish kerak? Bu borada quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi.

Ish joyini toʻgʻri tashkil eting
Kompyuterda ishlash vaqtida xonaning yoritilish darajasi pastroq, xiraroq boʻlishi kerak. Shuningdek Monitor yaqinida yorugʻlik manbai yoki yorqin yuzalar boʻlmasligi kerak.

Har ikki soatda tanaffus qilib turing
Bunda ish joyingizni tark etish shart emas, bor-yoʻgʻi 1—2 daqiqaga koʻzlarni yumish yoki 10 daqiqa davomida uzoqdagi obyektga tikilish kifoya.

Koʻzlar uchun maxsus mashqlarni bajaring
Ularni muntazam ravishda — kuniga 1—2 martadan qilib turish maqsadga muvofiq.

Bunda boshni tik tutib, dastlab 1—2 daqiqa davomida nigohingizni navbat bilan tepaga, pastga, oʻngga, chapga yoʻnaltiring. Soʻng koʻzlarni yumib va boshni toʻgʻri tutib, turli shakllarni “chizgan” holda koʻz soqqangizni aylantiring.

Keyingi mashqni bajarish uchun nigohingizni avval xonaning pastki chap burchagiga qadang, soʻng yuqori oʻng, pastki oʻng va yuqori chap burchaklarga qarang hamda pastki chap burchakka qaytib keling. Shu tarzda “sakkiz” chizib, soʻng uni teskari tartibda takrorlang.

Mashqlar soʻngida koʻzlarni 2—3 soniya mobaynida qattiq yuming.

Ovqatlanish ratsioningizga koʻrish qobiliyatini tiklashga yordam beruvchi mahsulotlarni kiriting
Misol uchun, sabzidagi beta-karotin moddasi koʻrish qobiliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, chernikadagi antotsianlar — kuchli antioksidantlar koʻz kapillyarlari qayishqoqligini oshirib, tomir devorlarini mustahkamlaydi, shuningdek shamollash yuzaga kelishining oldini oladi.

Koʻzlar salomatligi uchun maxsus vitamin va minerallar kompleksini qabul qiling
Bundan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing. Mutaxassis koʻzlaringizni tekshirib koʻrib, shundan keyingina oʻzingizga mos preparatlarni tavsiya qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koʻzlarimizni asrashimiz uchun nimalar qilishimiz kerak?