Amerikalik olimlar yong‘oq iste’mol qiluvchi kishilar boshqalarga nisbatan kamroq depressiya holatiga tushishlarini aniqlashdi.
Qayd etilishicha, tadqiqotda 26 mingdan ziyod kishi ishtirok etadi. Ular qancha yong‘oq va yong‘oqning boshqa turini iste’mol qilishlariga qarab, bir necha guruhga ajratishdi. Olimlar kuniga hech bo‘lmasa 24 gramm yong‘oq iste’mol qilgan kishilar boshqalarga, jumladan, yong‘oqni umuman iste’mol qilmaydiganlarga nisbatan 26 foizga kamroq depressiya holatiga tushishlarini aniqlashdi. Bu, ayniqsa, ayollar o‘rtasida yuqori samara bergani kuzatiladi. Shuningdek, yong‘oqni xush ko‘ruvchilarda kundalik faollik kuzatilgan. Ular o‘zlarini boshqalarga nisbatan harakatchan va g‘ayratli his etishgan.
Depressiya - bu inson asab tizimidagi o‘zgarishlar (kuchli ruhiy zarba, uzoq vaqtgacha ruhiy tushkunlik holatiga tushish) hisoblanadi. Depressiya ruhiy zarba yoki bo‘lib o‘tgan noxush voqealar ta’sirida rivojlanishi mumkin.
Depressiyaning asosiy belgilari doimiy charchoq hissi, uyqusizlik, kechalari uyg‘onib ketish yoki tong otmasdan uyquning o‘chib ketishi, maqsadsiz harakat qilish, ishga yoki oilaga, umuman normal hayot tarziga bo‘lgan qiziqishning so‘nishi, bo‘lib o‘tgan noxush hodisalarda o‘zini aybdor sezish, vaznning yo‘qolishi yoki aksincha vaznning ortishi kabilar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi