Suhbatdoshni tinglash u talaffuz etayotgan so‘zlarga quloq solishning o‘zigina emas. Aks holda, suhbat mohiyatini qo‘ldan boy berasiz. Yetakchi uchun atrofdagilarni tinglay bilish ayniqsa muhim – ana shunda u e’tiborli va tushunadigan odam sifatida taassurot uyg‘ota oladi.
Biroq yaxshi tinglovchi bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi va buning olti sababi mavjud.
Foto: Unsplash
Siz o‘zingiz gapirishni istaysiz
Ko‘pchilik yoqimli taassurot uyg‘otishni xohlaydi va bunga erishish usullaridan biri – o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashish. Biron nimani hikoya qilish istagi suhbatdoshni tinglashda xalaqit qilishi mumkin. Chunki suhbatdoshingiz gapirayotgan vaqtda unga qanday javob qaytarish haqida o‘ylaysiz.
Haqiqatan ham tinglayotgan bo‘lsangiz, savollarga javobni oldindan emas, darhol o‘ylab topishingiz mumkin.
Suhbatdoshingizga baho berasiz
Nima bo‘lganda ham biz atrofdagilarning harakat hamda so‘zlarini muhokama qilamiz. Suhbatdoshimizning so‘zlaridan norozi bo‘lganimizda uni tinglamay qo‘yamiz. «Ahmoq odamga nima uchun quloq solishim kerak?» deya o‘ylaysiz o‘zingiz bilmagan holda.
Bu noto‘g‘ri yondashuv. Yaxshisi suhbatdoshning o‘y va harakatlarini yaxshilab o‘ylab, keyin baholagan ma’qul. Dastlab kishiga quloq soling, keyin u haqida xulosaga keling. Axir biror nimani ko‘zdan qochirgan bo‘lishingiz mumkin-ku.
Fikrlaringiz sizga xalaqit qiladi
Masalan, suhbatdoshingizning o‘zi gapirayotgan mavzusi borasida tajribasi yo‘qligini bilsangiz, unga quloq solgingiz kelmaydi. Bu kabi noto‘g‘ri fikrlardan xalos bo‘ling va suhbat berishi mumkin bo‘lgan ijobiy natijalarga diqqatingizni qarating.
Bariga ego sababchi
Ulkan ego – ko‘plab yetakchilarning muammosi. U sizga xuddi «Men aqlli bo‘lsam, bu odamni tinglashim kerakmikin?» deyayotganga o‘xshaydi. U sizga aql va ijtimoiy mavqei jihatidan sizdan past bo‘lgan kishilarni tinglashga xalaqit qiladi.
Bir necha ishni bir vaqtda bajarishga harakat qilasiz
Miyamiz bir vaqtda bir necha ma’lumot manbalarini qabul qila olmaydi, shuning uchun ko‘p vazifalilik tinglash qobiliyatingizni «o‘chirib qo‘yadi». Agar biror kishining so‘zlariga quloq solmoqchi bo‘lsangiz, barcha ishlarni chetga surib, diqqatingizni bir yerga jamlang.
Odamlardan yashirinasiz
Biror kishining fikriga qarshi bo‘lgan vaqtimizda bizga yetkazilayotgan ma’lumotlarga diqqatni jamlash mushkul. Chunki faqat salbiy narsalar haqida o‘ylaymiz. Shuning uchun o‘sha odamga quloq solmaysiz, u aytayotgan narsalar sizga ma’lumdek tuyuladi.
«Men u bilan suhbatlashganman, u doim shunaqa fikrda bo‘lgan» deya o‘ylaysiz. Biroq suhbatdoshingiz muloqot mavzusiga nisabatan o‘z munosabatini o‘zgartirishi mumkin. Biroq siz buni bila olmaysiz, chunki tinglashni rad etdingiz.
Foto: Unsplash
Rag‘bat toping
Tinglashingizga ta’sir qiluvchi ana shu omillarni aniqlashingiz bilanoq ular bilan ishlashni o‘rganasiz. «Aql bovar qilmas natijalar uchun ishtiyoq uyg‘otadigan yetakchilik ko‘nikmalari» kitobining muallifi Fred Xalsted quyidagilarni maslahat sifatida beradi:
«Suhbatdoshingizni nima uchun tinglashingiz kerakligini aniqlang. Men uchun muhim sabablardan biri barcha odamlarni hurmat qilishni istashimda – ular aytayotgan gaplarni tinglaganingizda hurmat ko‘rsatayotgan bo‘lasiz».
Yaxshi tinglovchiga aylanish uchun bir necha sabablar quyidagilar: ana shu yo‘l bilan suhbatdoshingizning minnatdorligiga sazovor bo‘lasiz, biror yangi narsani o‘rganasiz, diqqatni jamlash ko‘nikmasini yaxshilaysiz va ishonch qozonasiz.
«Tinglash mushkul, bu ko‘nikmani o‘zlashtirish uchun haqiqatan ham uning ustida ish olib borishni istashingiz lozim, - deya hisoblaydi Xalsted. – Biroq qancha ko‘p mashq qilsangiz, shuncha oson bo‘ladi. Biror kishini tinglayotganingizda siz u kishiga nisbatan hurmat ko‘rsatasiz – odamlar buni sezishadi va qadrlashadi. Keyin esa sizga ham aynan shunday javob qaytarishadi. Shu yo‘l bilan munosabatlar uchun zamin tayyorlaysiz, hatto bu munosabatlar qisqa muddatli bo‘lsa ham». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi