23:41 / 25.02.2019
8 965

Bir musulmon yigitning hikoyasi...

Bir musulmon yigitning hikoyasi...
– Asrimiz telefon, televizor, monitor va ekranlar asri bo‘lgani uchun har kuni o‘nlab-yuzlab nomahram ayollarga ko‘zimiz tushishi, afsuski, oddiy bir hol bo‘lib qoldi. Odatda kinofilm hamda reklamalar uchun eng chiroyli qizlar tanlanishi va ularni bizga jozibali ko‘rsatish uchun butun boshli "go‘zallik industriyasi" ishlab turgani tufayli erkaklarning ayollar chiroyini belgilashdagi o‘lchov-talablari juda yuqori bo‘lib ketdi.

Uylanish masalasida men ham ko‘p narsaga rozi bo‘lishim juda qiyin kechdi. Atrofimdagi qizlarning aksarida ekranlardagi go‘zalikning yarmi ham topilmasdi. Rasululloh sollallohi alayhi vasallam aytganlariga amal qilib, dinga muhabbatli qizga uylanaman, deb niyat qilgandim. Biroq uylanishim mumkin bo‘lgan qizning ko‘rinishi ham o‘zimga yoqishi kerak edi. Dini va hulqi haqida eng yaxshi gaplar aytilgan qizlarning birortasi ko‘rinishi bilan qalbimda "jiz" etavermasdi.

Uzoq tanlovlardan keyin va nihoyat bir qizga uylandim. Ayolimni go‘zal deb bo‘lmasdi. Biroq yaxshi inson ekaniga shubha qilmasdim. Tunlarning birida yomonroq tush ko‘rib uyg‘onib ketdim. Qarasam, yonimda ayolim yo‘q. Asta paypaslab telefonimni topdim va soatga qaradim: yarim tun. Qiziq, ayolim qayerda ekan?

O‘rnimdan turib, boshqa xonaga chiqdim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, ayolim bir chetda tahajjud namozi o‘qiyotgan edi. Ovoz chiqarmay kuzata boshladim. U o‘zigina eshitadigan past ovozda Qur’on oyatlarini o‘qigancha qoim turar ekan, tanasi Qur’on lazzatidan titrar, sajda o‘rniga tikilgan ko‘zlaridan yoshlar oqardi. Men hech qachon hayotimda bunchalik go‘zal suratni ko‘rmagandim. Hech qachon ojiza ayolim ko‘zimga bunchalik viqorli va haybatli ko‘rinmagandi. Ana shunda Rasululloh sollallohi alayhi vasallamning "Dindorini tanlagin" degan o‘gitlarini chin ma’noda angladim. O‘sha paytda ko‘zlarim birinchi marta haqiqiy go‘zallikni ko‘rdi.

Hozir birov mendan bu masalada maslahat so‘rasa, Rasululloh sollallohi alayhi vasallam hadislarini unga eslatar ekanman, o‘zimcha aytamanki, ba’zi hadislarni tushunish uchun ularni yashab ko‘rish kerak. Bu mana shunday hadislardandir. Yashab ko‘rsangizgina uning ostidagi hikmatlarni anglay olasiz".

Xulosa o‘zingizdan.
Allox barchaga ko‘zlarini quvontiradigan juft ato qilsin!

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir musulmon yigitning hikoyasi...