Tafts Universiteti (AQSH) olimlari aniqlashicha, pomidor tarkibidagi likopin karotinoidli pigmenti jigarning yogʻ bosish (yogʻ gepatozi) kasalligi, saraton va yalligʻlanishning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpressʻga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Tadqiqot davomida yangi tugʻilgan sichqonlar organizmiga jigarda salbiy oʻsimtalar shakllanishiga turtki beruvchi kanserogen kiritildi. Shundan soʻng, kemiruvchilar yuqori yogʻli ovqatlar bilan oziqlantirildi. Shu bilan birga, hayvonlar guruhlaridan biri qoʻshimcha ravishda pomidor kukunini ham olgan.
Maʼlum boʻlishicha, likopin foydali mikroflora soni va turlarini koʻpaytiradi, bu esa yalligʻlanishni chaqiruvchi baʼzi bakteriyalar haddan tashqari oʻsishiga toʻsqinlik qilgan. Bu holda jigarning yogʻ bosishi va saraton kasalligi ehtimoli pasaygan, bunga nosogʻlom parhez turtki berdi.
Bundan tashqari, olimlarning koʻrsatishicha, pomidor kukuni alohida likopinga qaraganda ancha samarali boʻlgan. Bu vitamin Ye, vitamin S, folatlar, minerallar, fenol birikmalar kabi boshqa foydali birikmalar pomidorda mavjud ekani bilan izohlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi