16:33 / 26.03.2019
6 793

Duoning tibbiy muolajaga taʼsiri qanday?

Duoning tibbiy muolajaga taʼsiri qanday?
Zamonaviy tibbiyot keyingi ellik yilda aql bovar qilmas darajada shiddat bilan rivojlanib, har qanday darddan xalos boʻlish umidini berishda davom etyapti. Soha mutaxassislari ham bizning uzoq umr koʻrishimiz uchun izlanayotganini iddao qiladilar. Ammo shunga qaramay, keyingi paytlarda tibbiy muolajaga muqobil ravishda ruhiy quvvat, duo, maʼnaviy muolaja kabilarni hammamiz katta qiziqish bilan kuzatamiz.

Duo nima? Duo va muolaja bogʻliqligini tabobatchilar qanday izohlashadi? Zamonlar osha rivojlanib borayotgan zamonaviy meditsina muolajalariga qaramay, duo va iymon muolajasida bizni asraguvchi nima bor?

“Istash”, “Talab qilish”, “Tilash” maʼnolarini bildiradigan duo bizga qanday eshiklarni ochadi, ularni bir qur koʻzdan kechiramiz.

Duo bilan eng avvalo bizni yaratgan va bizga shifoni vaʼda qilgan Alloh taolo bilan ruhiy muloqotga kirishamiz. Xastalik bu biz insonlar uchun ojizlik, muhtojlik. Ojizlik insonni samimiylikka yoʻnaltiradi. Samimiyat esa muhabbat va barokatdir. Bu ruhiyatda insonning koʻnglidan kechganlari tiliga keladi va tabiiy ravishda miyada ayrim gormonlar sekretsiyasini ishga tushiradi. Bosh asab tizimi va ichki sekretsiya bezlari bu modda va gormonlardan ijobiy taʼsir olishi juda koʻp tadqiqotlar natijasida roʻyobga chiqqan. Miya va ongda paydo boʻlgan bu oʻzgarishlar toʻqimalar hamda tana aʼzolarimiz uchun biz xayolimizga keltirmagan shifolarga vasila boʻladi.

Duo oʻz taʼsiri bilan dahshatli, hurkituvchi oʻlim kabi yoʻqlikka qarab borayotgan inson tanasini sokinlashtiruvchi himoya devoriga oʻxshaydi. Gʻarb olamida eʼtiqod va ishonch bir qancha kasalliklarni davolashda qoʻllanilganini yaxshi bilamiz. Inson ruhiyati iymondan quvvat olish bilangina tetiklashadi. Bir soʻz bilan aytganda, duo ruhiy muolaja. Olib borilgan koʻp sonli tadqiqotlar, hanuz davosi topilmayotgan saratonning baʼzi xastaliklarida duo bilan birgalikda zamonaviy muolaja olib borilgani va bu bilan immun tizimi quvvatlanib, bemorlar sogʻayganini taqozo qiladi.

Duo bilan shifo topish mumkinmi?

Oʻtgan yillarda Amerikan Duke universitetida oʻtkazilgan tajribada musulmon, xristian, yahudiy va buddachilardan tuzilgan ogʻir xastalikka uchragan bemorlar guruhining yaqinlaridan xastalarning haqiga duo qilish soʻraldi. Bemorlar va shifokorlar bundan bexabar edilar. Olti oydan keyin qatʼiy duolar bilan surat va tinchlantiruvchi musiqa muolajasini olgan guruhda boshqalardan koʻra oz oʻlim qayd etildi.

Oʻtkazilgan tibbiy-ilmiy tadqiqotlar shuni taqozo qiladiki, inson goʻsht va suyakdan boshqa oʻziga xos xususiyatlar bilan yaratilgan. Bir kasallik har xil insonda turlicha koʻrinishda namoyon boʻladi va muolaja natijasi ham ayricha boʻladi. Ayni dori bir bemorning sogʻayishiga sabab boʻlsa, boshqa bir bemorga salbiy taʼsir qilishi va, hattoki oʻlimga ham olib borishi mumkin. Bu kabi misollarni koʻplab keltirish mumkin.

Butun olamlarni va bizni yoʻqdan bor qilgan buyuk Robbimiz yaratish qudrati kabi, shifo qudratiga ham ega ekanligini bizga oʻz hikmati bilan uqtiradi. Alloh taolo oʻlimdan boshqa barcha dardlarning davosini yaratganining xushxabarini beradi. Shuning uchun ham shifo izlayotganimizda ilohiy vaʼda haqiqati nuqtai nazaridan ham muolajaga yondashishimiz kerak. Zamonaviy tibbiyot ham aynan mana shu narsani tan olishga majbur boʻlyapti.

Shuni yaxshi bilamizki, har turli kasallikning muolajasida shifokor va bemor suhbati ahamiyatli. Bemor darddan forigʻ boʻlishi uchun shifokor va muolajaga ishonishi kerak. Shifokor bemorning sogʻayishi uchun zarur tavsiya va maslahatlarni berishi muhim ahamiyatga ega. Mana shu uch narsa muolaja va shifo topishga yordam beradi.

Hozirgi kundagi bilimlarimizga koʻra, zamonaviy tibbiyot borgan sari jiddiy eʼtibor qaratayotgan duo muolajasida hanuz hech kimning xayoliga kelmagan boshqa sirlar ham boʻlishi mumkin. Bunga endi Alloh taoloning qudrati va izni bilan vaqti kelganda iqror boʻlamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Duoning tibbiy muolajaga taʼsiri qanday?