Erkaklarning ayollarga nisbatan kamroq umr ko‘rishining asosiy sababi - ularning o‘z salomatligiga befarq munosabatda bo‘lishida. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning nima uchun ayollar erkaklardan uzoqroq yashashiga oid hisobotida shunday bayonot beriladi.
"Farq - sog‘liqni saqlashga bo‘lgan munosabatda. Erkaklar va ayollar bir xil kasallikka chalinganda, erkaklar ayollarga nisbatan kamroq shifokorga murojaat qiladi. Masalan, OIV epidemiyasi bo‘lgan mamlakatlarda erkaklar OIVga test topshirish ehtimoli juda kam, shuningdek, antiretrovirus terapiyadan o‘tish ham ularga malol keladi va shu tariqa, erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq OITS bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etadi", - deyiladi hisobotda.
JSSTda ta’kidlanishicha, Yer yuzida eng keng tarqalgan 40 kasallikdan 33 tasi ayollarga qaraganda ko‘proq erkaklarning hayot davomiyligiga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan.
Bundan tashqari, erkaklar ayollarga nisbatan ko‘proq o‘z joniga qasd qilishi ma’lum qilingan: o‘z joniga qasd qilgan erkaklar ulushi ayollarga nisbatan 75 foizga ko‘p. Yo‘llardagi o‘lim holati bo‘yicha ham erkaklar ko‘rsatkichi ayollarnikidan ikki karra ustun, qotillik natijasidagi o‘lim holatlari bo‘yicha esa to‘rt baravar yuqori.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”