12 223
Ramazon eslatmasi: qazo ro‘za tutish lozim bo‘ladigan, kafforat lozim bo‘lmaydigan holatlar
1. G‘izo sanalmagan va g‘izo toifasiga kirmaydigan narsani tanovul qilish. Bunda odatda g‘izo sanalmaydigan va inson ta’bi yeyishga moyil bo‘lmaydigan narsalar ko‘zda tutilgan. Misol uchun, ro‘zadorning xom guruch, xamir, biror narsa aralashtirilmagan un kabi narsalarni yeyishi.
2. Pishmagan mevani yeyish.
3. Tishlari orasida qolgan no‘xatdan katta narsani yutib yuborish.
4. Danak, paxta, qog‘oz, teri yeyish.
5. Tosh, temir parchasi, tuproq, tangaga o‘xshash narsalarni yutib yuborish.
6. Qasddan ichiga isiriqning tutuni kabi tutun kiritish.
7. Erkak kishining orqasidan, burnidan, tomog‘idan va ayol kishining oldidan suv yoki dori kiritilishi.
8. Quloqqa moy tomizilsa ham ro‘za ochiladi. Suv tomizilsa ochilmaydi.
9. Qasddan og‘zi to‘lib qayt qilsa ham qazo tutiladi. Agar beixtiyor, og‘zi to‘lmay qayt qilsa yoki taom emas, balg‘am qayt qilsa, ro‘za ochilmaydi.
10. G‘izo va dorinini bemorlik, safar, majburlash, adashish, beparvolik yoki shubha kabi shar’iy uzrlar bilan tanovul qilsa, ro‘za ochilib, qazosi tutiladi.
11. Og‘iz chayilayotganda beixtiyor ichiga suv ketib qolsa, ro‘za ochiladi va qazo tutiladi.
12. Boshdagi yoki qorindagi jarohatga qo‘yilgan dori ichiga yoki dimog‘iga ketib qolishi.
13. Uxlab yotgan odamning qorniga suv kiritib yuborilsa, ro‘zasi ochiladi.
14. Ayol kishi xizmatga yaramay qolaman deb taom yesa ham ro‘zasi ochilib, qazosini tutadi.
15. Ro‘zadorligini unutgan holda taom yesa yoki jimo’ qilsa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo buning hukmini bilmay, «bo‘lar ish bo‘ldi» deb, yana taom yesa yoki jimo’ qilsa, qazo ro‘za tutib berish lozim bo‘ladi.
16. Ro‘za tutishga kechasi emas, kunduzi niyat qilib, keyin «bu niyatim to‘g‘ri bo‘lmasa kerak» degan shubha bilan taom yeyilsa, ro‘za ochiladi va qazo tutish vojib bo‘ladi.
17. «Hali tong otmagan bo‘lsa kerak» deb, yeb-ichgan yoki jimo’ qilgan odam tong otib bo‘lganini bilib qolsa, ro‘zasining qazosini tutadi.
18. «Quyosh botgan bo‘lsa kerak» deb, yeb-ichgan yoki jimo’ qilgan odam quyosh botmaganini bilib qolsa, ro‘zasining qazosini tutadi.
19. Shahvatini to‘liq bo‘lmagan holda qondirsa ham faqat qazo tutadi.
20. Quchoqlash, o‘pish va shunga o‘xshash ishlar tufayli maniy to‘kilsa, ro‘zaning qazosi tutiladi.
21. Uxlab yotgan ayolga jinsiy yaqinlik qilinsa, o‘sha ayol ham qazo tutadi.
22. Ro‘zador kishi orqasiga paxta, latta va shunga o‘xshash narsalarni kiritsa ham ro‘zasi ochilib, qazosini tutadi.
23. Ramazon ro‘zasidan boshqa ro‘zasini ochib yuborgan kishiga faqat qazo tutish vojib bo‘ladi, kafforat vojib bo‘lmaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi