
Mutaxassislar kuz oyi boshlanishida eng foydali mahsulot - qovoq, olxo‘ri va nok deb aytishdi.
Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, qovoqda beta-karotin moddasi mavjud, u ko‘rish qobiliyati, teri va immunitet tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, u nafas olish tizimining barcha kasalliklarini oldini olishga yordam beradi.
Bundan tashqari, kaliy tanadagi ortiqcha suyuqlikni chiqaradi va yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Qovoqli taomlarni yog‘, masala saryog‘ yoki qaymoq bilan iste’mol qilish kerak.
Olxo‘ri ko‘p miqdorda aktioksidant, klechatka, pektin moddasi bor. Bu meva organizmdan tuz, og‘ir metallar, radionukleidlarni chiqarishga yordam beradi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, olxo‘rini xom shaklida iste’mol qilish yaxshiroqdir, chunki pishirilganda S vitamini yo‘q qilishi mumkin.
Nok tarkibida kaliy, magniy va pektin moddasi bor. Ular ichakni tozalaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar