Bolaning iqtidoriga turli omillar sabab bo‘lishi mumkin. «O‘qituvchi» telegram-kanali mana shu omillarni sanab o‘tdi.
1. Yuzga urish miyadagi 300-400 hujayrani o‘ldiradi. Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi.
2. Elektron o‘yinlar ijtimoiy aqlni, lug‘aviy ziyraklikni barbod qiladi. Haddan ortiq e’tibor qaratilganidan miyaga qon quyilishiga, miya hujayralarining barvaqt halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yoshi ulg‘ayganda unga mahorat, tajriba yetishmaydi.
3. Onani, uning o‘g‘li oldida haqorat qilish bolani qo‘rqoq, tortinchoq qilib qo‘yadi, sog‘lom fikrlashdan to‘xtatadi. Chunki so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra bola qobiliyatni onasidan oladi.
4. Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik natijasida undagi motivatsiya pasayib ketadi.
5. Bolaning yoshligidan suhbat qurish eshigining yopiqligi noto‘g‘ridir. Buning natijasida undagi so‘z boyligi va ijtimoiy zehn yo‘qolib boradi. Bolaning gapiga ahamiyat bermaslik, uni jim turishga buyurish, ba’zi hollarda uni qattiq inkor qilish yaxshilikka olib kelmaydi.
6. Ta’lim berish davomida suv ichishni kamaytirish kerakmi? Yo‘q! Miyaning 85% i suvdan iborat. Har 45 daqiqada 1 stakan (kichik shisha idishda) suv ichish zarur. Agar ichmasa, tana g‘ayriixtiyoriy harakatlar (yo‘tal, aksa urish, stulni qimirlatish, stolni surish kabi harakatlar) qila boshlaydi. O‘qituvchiga boladagi noqulaylik zohir bo‘ladi.
7. Nonushta qilmaslik ham yaxshi emas. Aniqlanishicha, nonushta qilmaydigan kishilarda qondagi shakar miqdori pasayib ketadi. Bu esa miya hujayralariga yetarlicha ozuqa yetib bormasligini keltirib chiqaradi va hujayralarning parchalanishiga sabab bo‘ladi. Fast-fudlardan ehtiyot bo‘lish lozim.
8. O‘quvchining qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olmay o‘qitish samarali natijaga olib kelmaydi.
9. Bolalarga bolalarcha tabiat bilan yashashga imkon bermaslik va ularni darsga ko‘mib yuborish mumkin emas. Bolalarda devorga yozish – bu ularning yoshlik chog‘larida erkin yozishga imkon bermaslik natijasidir.
10. Bolani dastlabki bosqichda xatini (yozuvini) kichik yozishga majburlash yaxshi emas. Katta yozuv o‘ziga ishonchlilik va erkinlik belgisi hisoblanadi. Agar yozuv kichik bo‘lsa, buning ma’nosi ana shu ikki sifat (o‘ziga ishonch va erkinlik)ning yo‘qligidir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi