"Turmush qurganimizga ham roppa-rosa besh yil bo‘libdi. Shu yillar mobaynida turli xil qiyinchiliklarga duch keldik: moliyaviy, uy-joy masalasi, muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan homiladorlik...
Nikohimizning uchinchi yilidan boshlab bir birimizga bo‘lgan munosabat keskinlashib bordi. Kichik narsalardan ham kamchilik topadigan bo‘lib qoldi. Ko‘pincha janjallashib qolgan paytimiz u ajralish haqida so‘z ochadigan bo‘ldi. Men bilan janjallashgan payt qo‘limdan qattiq ushlab olardi. O‘zining tajovuzkorligini kun sayin ko‘rsatib borar edi. So‘nggi ikki yil mobaynida bunday holatlar tez-tez takrorlanib turdi. Oxirgi janjalimizda unga uyni tark etishini aytdim.
So‘ng, u ota-onasining uyida tunab qoldi. Bir, ikki kundan keyin qaytib keldi va gaplashib oldik. Lekin hech qanday jiddiy qaror qabul qilmadik. Menga o‘ylash uchun vaqt kerak bo‘ldi.
Hozirda turmush o‘rtog‘im deyarli tajovuz qilmay qo‘ydi. Ammo endi unga bo‘lgan ishonchim so‘ndi. Avvallari biz farzand ko‘rishni rejalashtirar edik. Endi esa, bunga shubham bor. Ehtimol, bunday holatga tushishimga eski xotiralar sabab bo‘lsa kerak", - deydi 29 yoshli Oksana. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”