22:32 / 18.11.2019
5 414

Telefonni qanday ushlash orqali inson xarakterini aniqlasa bo‘ladi(mi)?

Telefonni qanday ushlash orqali inson xarakterini aniqlasa bo‘ladi(mi)?
Hozirgi kunda ko‘pchilikning kundalik hayotiga aylanib borgan narsa bu - qo‘l harakatlari orqali mobil telefonlarni o‘ynash.
Hayratlanarlisi shundaki, mobil telefoningizni qanday ushlashingiz sizning xarakteringizni aniqlab berar ekan.

Yuqoridagi o‘zingizga mos bo‘lgan variantlardan birini tanlang.

A javob: mobil telefonni bir qo‘lda tutib, bosh barmog‘i bilan ushlaydigan insonlar

Siz maqsadlar sari olg‘a intilishda hech qachon chekinmaysiz. Xarakteringiz juda qiziq. Qolaversa, siz kuchli xotiraga ega shaxssiz. Siz birovni xafa qilib qo‘yishdan qo‘rqasiz. Har bir narsaga jiddiy yondashasiz. Kreativlik qobiliyati bor insonsiz.
Agarda siz kimgadir ishonsangiz, butun qalbingiz bilan o‘z ishonchingizni u insonga topshirasiz. Sizning ko‘nglingizni kimdir sindirsa, u insonga qaytib ishonmaysiz. Afsuski, ba’zan o‘zingizga mos bo‘lgan juftni topishga qiynalasiz.

V javob: mobil telefonni bir qo‘lda tutib, ikkinchi qo‘lining bosh barmog‘i bilan ushlaydigan insonlar

Siz juda ham ta’sirchansiz. Tez-tez xayol surib turasiz. Agarda yaqin insoningiz yordamga muhtoj bo‘lsa, unga yordam berishga doimo shaysiz. Har sohada harakatchan insonsiz. Ammo ba’zan sabrsizlik sizning hamrohingiz bo‘ladi. Boshqalar siz haqingizda yaxshi gap aytishlarini xohlaysiz. Sizning ko‘nglingizga ozor berish juda oson. Mehribonchiligingizni ko‘pchilik insonlar suiste’mol qiladi. Biroq, siz kim yaxshi-yu kim yomonligini ajrata olasiz. Odatda, hissiyotlaringizni kimgadir ifodalab bera olmaysiz. Shu sababli, ba’zi insonlar sizni his-tuyg‘uga ega emas deb bilishadi.

C javob: mobil telefonni ikki qo‘li bilan ushlovchi insonlar

Siz talantga boy insonsiz. Ko‘pchilik insonlar sizni jozibali deb o‘ylaydi. Siz aslida ham shundaysiz. Har qanday vaziyatda o‘z aql-zakovatingizdan unumli foydalanasiz. Jo‘shqin insonsiz. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashasiz va insonlar bilan tez chiqishib ketasiz. Siz boshqalardan ko‘p narsani talab qilmaysiz. Shunchaki, ular sizni tushunishlarini xohlaysiz. Ko‘pincha sizning o‘tmishdagi xotiralaringiz sizni ta’qib qilaveradi. Yolg‘izlikdan qo‘rqasiz. Agarda biron bir inson bilan sevgi rishtalarini bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, juda ko‘p ikkilanasiz.
Odatda, o‘zingizni yomon his qilsangiz ham, hech kimga bildirmaslikka harakat qilasiz.

D javob: mobil telefonni bir qo‘lda tutib, ikkinchi qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i bilan ushlaydigan insonlar

Sizning zehningiz juda o‘tkir. San’atni sevasiz. Hayotga har doim real boqasiz. Ko‘pincha hech kimga hech narsa aytgingiz kelmay qoladi. Sukunat olamiga g‘arq bo‘lishni xush ko‘rasiz. Chunki sizning gaplaringiz birovni osongina xafa qilib qo‘yishi mumkin. Har doim yaxshi hayot kechirishni, insonlar baxtli yashashini istaysiz. Odamlar gavjum joyni yoqtirmaysiz. Sizning eng katta zaif tomoningiz bu - tezda ko‘nglingiz sinib qolishi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Telefonni qanday ushlash orqali inson xarakterini aniqlasa bo‘ladi(mi)?