22:42 / 30.11.2019
4 304

Iroda nega muhim? Bolalarni qanday qilib irodali qilish mumkin?

Iroda nega muhim? Bolalarni qanday qilib irodali qilish mumkin?
1960 yilda Standford universitetida iroda bilan bog‘liq tadqiqot o‘tkazilgan. Bu tadqiqotni «zefir» deb atashgan.

Uolter Mishel bir necha yuzlab 4-5 yoshli bolalarni tekshirib ko‘rgan. Bolalarni stol ustida «Zefir» shirinligi bo‘lgan xonaga olib kirishgan va ularga tanlov berilgan. Ular istasa, shirinlikni yeb qo‘yishi mumkin edi, lekin xonaga professor qaytib kirishini kuta olsa, shirinligi ikki barobar ko‘payishini aytishdi. Ya’ni, ozroq sabr evaziga bitta emas, ikkita shirinlik yeyishlari mumkin edi. Ba’zi bolalar shirinlikni darhol yeb qo‘ygan bo‘lsa, boshqalari fikrlarini chalg‘itishga harakat qilib oxirga qadar kuta olishgan.

Bir necha yillardan so‘ng o‘sha bolalarni o‘smir yoshida yana Standford universitetiga taklif qilishdi va ularning hayoti va tabiatlarini o‘rganishdi. Yoshligida shirinlikni 2 ta bo‘lgunicha sabr qila olgan bolalar hayotining har jabhasida ildamroq edi. Ular yaxshiroq o‘qishar, qiyinchiliklarni osonroq yengib o‘ta oladigan, boshqa odamlar bilan yaxshi kelishadigan o‘smirlar edi.

Tadqiqotdan xulosa shu ediki irodali bolalar hayotda muvaffaqiyatliroq, ko‘proq narsa erisha olishar ekan. Albatta, bolalar tabiatan irodali bo‘lishi mumkin, lekin shu bilan birgalikda bolalarda irodani tarbiyalash ham mumkin ekan.

childdevelop.ru
Qanday qilib farzandlarimizni irodali qilib tarbiyalashimiz mumkin?
Buning uchun, avvalo iroda nima ekanini yaxshilab tushunib olishimiz kerak. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida irodaga quyidagicha ta’rif berilgan:

Iroda — odamning o‘z faoliyati va psixik jarayonlarini o‘zi boshqarishda namoyon bo‘ladigan qobiliyati. Inson irodaviy harakatini amalga oshirar ekan, o‘ziga hukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: Iroda uchun “men xohlayman” degan kechinma emas, balki “kerak”, “bajarishim shart” degan kechinma xosdir.

Irodaning muhim sifatlari: o‘zini tuta bilish, dadillik, qat’iylik, chidam va toqat, prinsipiallik, mustaqillik. Iroda kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon bo‘lishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak g‘oyalarga asoslangan ongli qat’iyat va sabot bilan o‘z harakati yo‘lidagi to‘siqlarni yengar ekan, u kuchli iroda egasi hisoblanadi. Iroda kishining xarakteri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi”.

Iroda haqida bolalar tabiatidan kelib chiqqan holda quyidagi maslahatlar sizga qo‘l kelishi mumkin:

1. Farzandingizga iroda nima ekanini tushuntiring, uning hayotida keltirishi mumkin bo‘lgan foydalari haqida, irodaning zaif bo‘lishi insonlarni qanday ahvolga solganligi va solishi mumkinligi haqida suhbatlashing.

2. Farzandlaringizni o‘zini boshqarishga majbur qiladigan vaziyatlar yarating. Masalan, sabr qilishi evaziga ko‘proq shirinlik olishiga yoki ko‘proq harakati evaziga yaxshiroq sovg‘a olishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar.

3. O‘z irodasini ko‘rsatgan vaqtda farzandingizning sabri va irodasini e’tirof eting.

4. Farzandlaringizga o‘z tanlovi uchun mas’uliyat his qilishni o‘rgating. Bolalarimizni doimo himoya qilishni xohlaymiz, xato qilishganida, qiyinchiliklarga duchor bo‘lganida muammolarini osonlashtirishga harakat qilamiz. Lekin, afsuski shu orqali ularni irodasi bo‘sh bolalar bo‘lishiga sababchi bo‘lib qolishimiz mumkin.

5. Irodani tarbiyalashning yana bir uslubi ibodatdir. Kichik yoshdagi farzandlarimizni kunlik sovg‘a shirinliklar bilan qiziqtirsak, katta yoshdagilarini oxiratdagi foydalar bilan qiziqtirishimiz mumkin. Bu shubhasiz ularni irodali bo‘lib o‘sishiga yordam beradi.

Shu bilan birgalikda, o‘z qilgan ishiga mas’uliyat his qilish bolalarda 6-7 yoshda yaxshiroq rivojlanadi, undan avval esa qilgan harakatlaringiz natija bermasligi mumkin.

6 yoshdan kichik bolalar uchun kutish vaqtlarini qisqaroq qilib, siz yaratgan vaziyat sog‘ligi, ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini inobatga olishingiz kerak.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Iroda nega muhim? Bolalarni qanday qilib irodali qilish mumkin?