Ko‘pchilik, ayollar ular uchun eng yoqimli sovg‘a gul ekanligini ta’kidlab o‘tishgan. Gullarni esa erkaklar ularga asosan, 8 Mart bayrami arafasida taqdim etishadi. Ma’lumki, ayollar doim tanlaganlari bilan oralaridagi munosabatlar haqida bosh qotirishadi.
Shunday ekan, ular gul taqdim etishayotganda ham har doimgi sinovchanligingizni oshiring. Bu paytda ularning o‘zini qanday tutishiga qarab sizga munosabatini bilib olishingiz mumkin.
1.Bayram arafasida u:
A) qanaqa gullarni yoqtirishingizni bilishga harakat qiladi;
V) hech narsa haqida bilishga intilmaydi va umuman bayramni uyda o‘tkazmasligi mumkin;
S) siz nimani yoqtirishingizni aniq biladi;
D) bayramdagi rejalaringiz haqida qiziqib ko‘radi.
2.Sizga guldasta taqdim etayotib, u:
A) ko‘zlaringizga;
V) lablaringizga;
S) har yonga;
D) boshqa tomonlarga qaraydi.
3. U sizga tez-tez gul taqdim etib turadimi?
A) ha;
V) birinchi marta;
S) hamma bayramlarda;
D) faqat 8 Mart bayrami va tug‘ilgan kunimda.
4. Guldastaga u quyidagilarni qo‘shimcha qiladi...
A) chiroyli nutq;
V) o‘pich;
S) hazil;
D) tabrik so‘zi.
5. Guldasta taqdim etgandan so‘ng biroz vaqt o‘tgach, uning harakati...
A) guldasta yoqqan yoki yoqmaganligi bilan qiziqib ko‘radi;
V) gul sovg‘a qilganini ham unutadi;
S) gullar qancha vaqt turishi bilan qiziqib ko‘radi;
D) hech narsa haqida so‘ramaydi.
Natijalar talqini:
“A” javoblari ko‘p bo‘lsa: u sizni haqiqatdan ham sevadi. Kelgusidagi aloqalaringiz qay darajada mustahkam bo‘lishi faqat o‘zingizga bog‘liq. Hozirda tanlaganingiz faqat sizning ixtiyoringizda. Shunday ekan, o‘zingizni doim nazorat qilib borish barobarida “sevar ekan” deya yigitingizga haddan ortiq ishonch bildirmang.
“V” javoblari ko‘p bo‘lsa: u sizni qadrlashi mumkin, ammo qandaydir sabablarga ko‘ra xayoli boshqa joyda bo‘ladi. O‘sha qandaydir sabablar nima ekanligini siz ham juda yaxshi bilsangiz kerak. Agar bu haqda xabaringiz bo‘lmasa, unda darhol buni bilishga kirishing. U sizga o‘z sirlarini ham oshkor etgisi yo‘q. Balki buning barchasida o‘zingizning ham aybingiz bordir.
“S” javoblari ko‘p bo‘lsa: sizning tanlaganingiz bilan munosabatlaringiz juda a’lo desak ham bo‘ladi. U doim sizning qiziqishlaringizni qadrlab, bunga alohida e’tibor qaratadi. Sizning e’tiboringiz ham uning uchun juda qadrli.
“D” javoblari ko‘p bo‘lsa: u sizga nisbatan befarqroq. Garchi vaqti-vaqti bilan u sizga gul sovg‘a qilib tursa-da, ammo buni ham majburiyat yuzasidan bajaradi. Unda sizga nisbatan ijobiy hissiyotni uyg‘otishga harakat qilib ko‘ring. Axir bu tarzda munosabatlaringiz uzoq davom etishi mumkin emas-ku. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi