14:09 / 10.03.2020
5 694

Rossiyada ishlash istagida bo‘lganlar diqqatiga!

Rossiyada ishlash istagida bo‘lganlar diqqatiga!
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga muhim xabar e’lon qildi.

Yanada aniqroq aytganda, agentlik Yekaterinburg shahridagi yirik qurilish kompaniyasiga (g‘isht terish) ishga taklif etadi.
Yo‘l, migratsion ro‘yxatga olish, patent xarajatlari keyinchalik ish haqidan 10 oy davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
Belgilangan ish hajmi bajarilgan taqdirda, yashash joyi xarajatlari ish beruvchi tomonidan to‘lanadi.

Nomzodlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga murojaat qilishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun 71 202 33 55 (ichki raqam 41) raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Rossiyada ishlash istagida bo‘lganlar diqqatiga!