08:44 / 14.03.2020
4 175

Ginnes rekordida qayd etilgan eng tezkor taom...

Ginnes rekordida qayd etilgan eng tezkor taom...
Hayotimizni mazali va to‘yimli shirmoy nonlarsiz tasavvur eta olmaymiz. Non dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida iste’mol qilinadi. Ko‘pgina taomlarni non bilan tanovul qiluvchi o‘zbeklar tandirdan issiq bo‘lib pishib chiqadigan, ifori atrofni tutib ketadigan mazali nonni eng ko‘p iste’mol qiladigan xalq bo‘lsa ajab emas. Hozir sizga non haqida ayrim qiziqarli ma’lumotlarni beramiz.

- Bug‘doy yig‘ish uchun bir kombaynga 9 soniya kifoya qiladi, bu vaqt ichida u taxminan 70 ta non tayyorlashga yetadigan bug‘doyni o‘radi.
- 23 fevral, 1 aprel, 16 sentabr, 22 dekabr sanalarida non bilan bog‘liq milliy bayramlar nishonlanadi.
- Har bir amerikalik yiliga o‘rtacha 53 funt non iste’mol qiladi.
- O‘rtacha bir tilim qadoqlangan nonda atigi 1 gramm yog‘ va 75 - 80 k.kaloriya bor.
- Non barcha xalqlarda muqaddas bo‘lib, diniy marosimlarda asosiy taom hisoblanadi.

- 1997 yilda Kanzas bug‘doy fermerlari 36,5 milliard dona non ishlab chiqarish uchun yetarli miqdordagi bug‘doy yetishtirdilar. Bu yer yuzidagi har bir kishini 6 ta non bilan ta’minlash degani edi.
- Fermerlar sotilgan har bir nondan taxminan 5 sent (yoki undan kam) haq oladi.
- Napoleon Prussiya yurishi paytida o‘z otiga bir bo‘lak qora javdar non berishlarini aytadi. Qora bug‘doy non uchun ishlatiladigan "pampernickel" atamasi tarixi shu voqea bilan bog‘liq. Buyuk Britaniyada Yangi yilda eshik tashqarisida non bo‘lagi, ko‘mir parchasi va kumush tanga qoldiriladi. Ertasi kuni birinchi bo‘lib tashrif buyurgan inson o‘sha yilda rizqi ziyoda bo‘ladi deb qaraladi.

- G‘arbdagi eng tezkor "pirojniy" 1995 yilda Ginnesning Jahon rekordini qayta yangilagan Montana Bug‘doy fermasi novvoylari tomonidan tayyorlangan. Ular bug‘doyni daladan yig‘ib, un holiga keltirib, xamir qorib aniq bir bo‘lakda non tayyorlaguncha atigi sakkiz daqiqa-yu 13 soniya ketar ekan.
- Skandinaviyadagi urf-odatlarga ko‘ra, agar yigit va qiz bitta nondan iste’mol qilsalar, ular bir-birlariga oshiq bo‘lib qolar ekan.
- Rossiyada non (va tuz) mamnuniyat bilan qabul qilishning ramzi ekan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ginnes rekordida qayd etilgan eng tezkor taom...